Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Aleksandr Xomyakov: «Tezkor ikki gol qo‘yib yuborganimiz deyarli mag‘lubiyat degani»

Aleksandr Xomyakov: «Tezkor ikki gol qo‘yib yuborganimiz deyarli mag‘lubiyat degani»

Baho:
+ | -

Superliga 5-turi doirasida o‘tkazilgan vodiy derbisida «Neftchi»ga imkoniyatni boy bergan «Andijon» klubi ustozi Aleksandr Xomyakov mag‘lubiyatga asosiy sabab nima bo‘lgani, raqibning kuchi, zaxira va derbi qanday bo‘lishi lozimligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Birinchi taymdayoq o‘z darvozamizdan ikkita tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz uchrashuv taqdirini deyarli hal qilganini tan olaman. Bunday raqibga qarshi bellashuvda tezkor gollar o‘tkazib yuborish mag‘lubiyat degani. Biz uchrashuvdan avval himoyani ushlashga va birinchi taymda raqibga gol urish uchun imkon bermaslikka kelishib olgandik. Ammo, tezkor gollar tufayli birinchi taymdayoq barcha masala hal etildi. Shundan so‘ng o‘yinga qayta olmadik. Raqib bekorga yetakchilar qatorida bormayotganini isbotladi. Ular haqli g‘alabaga erishishdi», - dedi murabbiy.

«Barcha rejalarimiz birinchi taymdayoq barbod bo‘lgach, ikkinchi taym juda qiyin kechdi. O‘zgartirishlar biz kutgan natijani taqdim etmadi. Mag‘lubiyatga uchraganimizga o‘zimiz aybdormiz».

«Derbilar odatda bunday darajada bo‘lmaydi. Bugun faqat bir jamoa ustunlik qildi. Derbilar odatda shiddatli va jangovar tarzda kechadi. Bugun unday o‘yin bo‘lmadi. Biz raqibga deyarli qarshilik qilmadik. Ikkinchi taymdagi ustunlikdan ham foydalana olmadik. Jamoalar orasidagi tafovut katta. Ular jadvalda yetakchilik qilmoqda. Biz esa, hozircha o‘z o‘yinimizni topishga harakat qilmoqdamiz».

«Zaxiradan tushganlar hozir jismonan tayyor emaslar. Agar tayyor bo‘lganlarida asosiy tarkibda maydonga tushirar edim. Ularda o‘yin amaliyoti deyarli bo‘lmadi, shuning uchun hozir ular zaxiradan tushirilmoqda. Kelgusi bahslarda bizga yordam berishadi deb umid qilaman. Xatolar ko‘p, ular ustida ishlaymiz. Hali ishlaydigan narsalarimiz yetarlicha», — dedi Xomyakov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:13, 08.04.2023.
O'qildi: 924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.