Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Rashidjon G‘ofurov: “Pro-liga bu - salkam Superliga degani”

Rashidjon G‘ofurov: “Pro-liga bu - salkam Superliga degani”

Baho:
+ | -

Pro-liganing 4-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Navbahor-farm” (2:2) uchrashuvidan so‘ng, namanganliklarning farm jamoasi ustozi Rashidjon G‘ofurov OAV xodimlarining savollariga javob berdi. U odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Guvohi bo‘lganinglardek, o‘yin qiziqarli tarzda kechdi. Lekin bugungi hakamlik meni qoniqtirmadi. “Qo‘qon-1912” tarkibida Superliga havosini olgan futbolchilar bor. Shundan kelib chiqsak, ularga hakamlarning yordami zarur emas, deb o‘ylayman. Kuchli jamoa, o‘z oldiga Superligani maqsad qilgan, biroq bugungi bahsdagi hakamlik bizga yoqmadi. Hakam maydonda futbol o‘ynash uchun qo‘yib berishi kerak.

Ayrim futbolchilarimiz “Universiada” musobaqasiga ketganliklari bois, tarkibimizga kech qo‘shilishdi. Ikkita gol hisobi bilan oldinda borayotganimiz uchun tavakkal qilib, ba’zi futbolchilarni zaxiradan o‘yinga tushirmadik. Chunki, gol o‘tkazib yuborsak, yutib turgan tarkibni o‘zgartirishda murabbiyning aybi bo‘lardi.

- Shogirdlaringiz ikkinchi bo‘limda vaqt cho‘zgandek ko‘rinishdi. Bu murabbiylar shtabining ko‘rsatmasi edimi?

- Yo‘q, men yoki murabbiylar shtabi bunday ko‘rsatma bermadik. Tarkibda son jihatdan kamroq bo‘lganimiz sababli, futbolchilar yuklamasi ikki hissa yuqoriroq bo‘ladi. Bunaqa xolatda oyoq tomirlari tortishib qolishi tabiiy hol. Shifokor uni maydondan olib chiqib ketsa, bizda yana bir futbolchi kamayadi. Bundan bizga qanday foyda bor? Aksincha, o‘ynagani jamoa uchun yaxshiroq bo‘ladi.

- O‘tgan mavsum Birinchi ligada g‘olib bo‘lgansizlar. Pro-liga va Birinchi liga o‘rtasidagi qanday farqni sezdingiz?

- Bu ikki liga o‘rtasida katta farq bor. Pro-liga bu - salkam Superliga degani. Bizning aksariyat futbolchilarimiz yosh, bu ligaga moslashib ketishlari uchun bir oz vaqt kerak.

- Ibrohim G‘anixonov, Islom Rashidxonov kabi futbolchilarning tarkibga kech qo‘shilishgani ham dastlabki turdagi natijalar salbiy bo‘lishiga sabab bo‘ldi deb hisoblaysizmi?

- Yo‘q, agar ular ertaroq qo‘shilishganida ham natija shunday bo‘lishi mumkin edi. Biz o‘tgan mavsum Birinchi ligada g‘olib bo‘ldik, tarkibdagi futbolchilarning aksariyati yoshlar. G‘anixonov va Rashidxonov kabi futbolchilarning ham bizning jamoaga moslashib ketishlariga ozroq vaqt talab etiladi" - dedi G‘ofurov.

Kiritildi: 11:53, 10.04.2023.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.