Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Xoland yana nemis klubiga qarshi. Erling bu safar ham shov-shuv ko‘tara oladimi?

Xoland yana nemis klubiga qarshi. Erling bu safar ham shov-shuv ko‘tara oladimi?

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Bavariya" hamda "Manchester Siti" o‘rtasidagi bahs bugun 12 aprelga o‘tar kechasi "Etihad Stadium"da bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, bugun chorak finalning yana bir o‘yinida "Benfika" o‘z uyida "Inter"ni qabul qiladi.

Angliya va Germaniya chempionlari o‘rtasidagi bahs, albatta, har jihatdan Chempionlar ligasida kunning markaziy o‘yini hisoblanadi. Xosep Gvardiola va Tomas Tuxel o‘rtasidagi o‘ziga xos qarama-qarshilik hamda Erling Xolandning nemis klubi bilan navbatdagi uchrashuvi. Norvegiyalik oldingi bosqichda "Leypsig"ga qarshi penta-trik qayd etgan. Joau Kanselu va Leroy Sane esa o‘zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Yo‘qotishlar

Raqiblar bu uchrashuvda optimal takibda ishtirok etishi qiyin. Ayniqsa, “Bavariya”da bir necha kun oldin hujumchi Erik Shupo-Moting safdan chiqdi. Ustiga-ustak, Lyuka Ernandes, Noyer va Tel ham bugungi o‘yinda qatnasha olmaydi. Ular ancha avval safdan chiqqandi. "Shaharliklar" tarkibi nisbatan optimalroq. Katta yo‘qotishlar deyarli yo‘q.

So‘nggi o‘yin

Jamoalar bu o‘yinga yaxshi kayfiyat bilan kelyapti. Chunki har ikki klub o‘z milliy chempionatlarida oxirgi o‘yinda muvaffaqiyat qozondi. "Manchester Siti" "Sautgempton"ga safar uyushtirib, yirik 4:1 hisobidagi g‘alabaga erishgan bo‘lsa, "Bavariya" mehmonda "Frayburg"dan minimal hisobda ustun keldi.

Imkoniyatlar haqida 

Ko‘pchilik ushbu bellashuv oldidan Gvardiola shogirdlari favorit, deb hisoblamoqda. Hattoki, myunxenliklar ustozi Tomas Tuxel ham bu fikrni qo‘llab-quvvatladi. Angliya klubi bir necha yildan buyon azaliy orzusi yo‘lida kurashib kelmoqda. Bunga ba’zan juda yaqin keldi, ammo har safar ularga nimadir yetishmadi. Nazdimda, o‘sha yetishmagan jihat "Siti"da hozir bor. Bu - Erling Xoland. Vaziyatlar ko‘p yaratadigan "Siti" katta uchrashuvlarda o‘yin tomonlama ustun bo‘lib ham imkoniyatni boy bergan holatlarning ko‘p bora guvohi bo‘lganmiz. "Viking" ayni mana shu muammoni yopish uchun, o‘zida bo‘lgan 1 ta imkoniyatdan 1 ta gol urish uchun jamoaga olib kelingan. "Bavariya" uchun De Bryuyne va Xoland tandemi xavf tug‘dirishini taxmin qilyapman. 

"Bavariya"ning imkoniyatlari qaysi jamoaga qarshi bo‘lmasin doim baland bo‘lib kelgan. To‘g‘ri, kichik ustunlik "Siti"da. Biroq "nemis mashinasi" o‘z o‘yinini topib olsa va raqib ularning pressingiga bardosh bera olmasa, yakun qanday bo‘lishini o‘zingiz bilasiz. Tarkibdagi yo‘qotishlar ham u qadar muammo emas. Sababi, myunxenliklarda bir-birini o‘rnini to‘ldiruvchi futbolchilar ko‘p. Shu holatda ham ko‘plab yulduzlar zaxira o‘rindig‘ida qolib ketmoqda. 

Xullas, bugun bizni super qarama-qarshilik kutib turibdi. Qaysi jamoa g‘alaba qozonishini taxmin qilish qiyin. Biroq super o‘yin bo‘lishini bemalol taxmin qila olamiz! 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:02, 11.04.2023.
O'qildi: 1775 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.