Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Murod Otajonov: "Bunday o‘yinlar ko‘paysa, chempionat saviyasi ham oshadi"

Murod Otajonov: "Bunday o‘yinlar ko‘paysa, chempionat saviyasi ham oshadi"

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Murod Otajonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Jangovar uchrashuv guvohi bo‘ldik va yakunda durangga erishdik. “Nasaf”ning o‘yini yaxshi shakllangan, jamoa xalqaro maydonda ham ishtirok etib kelmoqda. Bunday qarama-qarshiliklar qancha ko‘p bo‘lsa, chempionatimiz saviyasi ham oshadi. Yigitlar so‘nggi daqiqaga qadar kurashishdi va buning uchun ularga katta rahmat.

Raqib jamoaga qarab o‘yinimizni moslaymiz. Qaysidir raqib bilan birinchi, boshqasi bilan ikkinchi raqam ostida harakat qilamiz. Foydasi tegyaptimi, o‘sha uslubda qolamiz. Aksi bo‘lsa, taktikani o‘zgartiramiz. Masalan, birinchi bo‘limda 3-5-2 sxemasida o‘ynagan bo‘lsak, ikkinchi taymda 4-4-3 ga o‘tdik”, – dedi Otajonov.

Kiritildi: 22:55, 17.04.2023.
O'qildi: 1354 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик