Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Denis Bushuyev: «Hali imkoniyat bor va jamoa bilan vaziyatni to‘g‘irlashga imkoniyatimiz yetadi»

Denis Bushuyev: «Hali imkoniyat bor va jamoa bilan vaziyatni to‘g‘irlashga imkoniyatimiz yetadi»

Baho:
+ | -

Superliga 7-turida o‘z maydonida «Navbahor»ga mag‘lub bo‘lgan «Turon» klubi bosh murabbiy Denis Bushuyev mag‘lubiyat sabablari va o‘zbek futboli saviyasi haqidagi savollarga javob berdi.

«Birinchi taym biz kutgandek kechdi, ammo ikkinchi taymdagi individual xatolarimiz mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi deyish mumkin. Oddiy vaziyatlarda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik. Bunday raqib xatolarni kechirmaydi. Hali imkoniyat bor va jamoa bilan vaziyatni to‘g‘irlashga imkoniyatimiz yetadi», - dedi Bushuyev.

«Bugun uchrashuv oldidan o‘tkazilgan chigalyozdi mashg‘ulot vaqtida maydonga tushishi kerak bo‘lgan hujumchimiz jarohat olib safdan chiqdi. Uning o‘rniga boshqa futbolchini tanlash uchun 10 daqiqa vaqtimiz bor edi. Tarkibning bunday ko‘rinish olishining sababi shu».

«Maydonga tushirilmagan va zaxirada qolgan futbolchilar haqida gaplashishni yoqtirmayman. Maydonga tushganlar haqida gaplashsak to‘g‘riroq bo‘lardi. Kim bahsga tayyor bo‘lsa o‘sha o‘ynadi. Futbol qoidasi shunday. Mashg‘ulotlarda kim qanday ishlayotgani va qanday holatda ekanligi bilinadi. Shundan kelib chiqib tarkib tanlanadi».

«Har qanday chetdan keladigan mutaxassis borgan joyidagi futbol haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Men ham O‘zbekiston futboli haqida yetarlicha tasavvurga egaman. Mirjalol Qosimov Rossiyada o‘ynagan paytlari maydonda futbolchilarga to‘p olib berib turardim. O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar yetarlicha bo‘lgan. Qolaversa, yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarni kuzatdim va bu mamlakat futboli kuchayganini bildim».

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:37, 23.04.2023.
O'qildi: 1008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик