Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Ipsvich 0-1 Kristal Pelas
04/12 01:15 Lester 3-1 Vest Xem
05/12 00:30 Nyukasl 3-3 Liverpul
05/12 00:30 Sautgempton 1-5 Chelsi
05/12 00:30 Everton 4-0 Vulverhempton
05/12 00:30 Manchester Siti 3-0 Nottingem Forest
05/12 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Madrid
05/12 01:15 Aston Villa 3-1 Brentford
05/12 01:15 Arsenal 2-0 Man. Yunayted
06/12 00:30 Fulhem - Brayton
06/12 01:15 Bornmut - Tottenhem
06/12 22:30 Inter - Parma

Pochettino natijalarini "Chelsi"ning so‘nggi 8 ta murabbiyiga taqqoslab ko‘ramiz

Pochettino natijalarini "Chelsi"ning so‘nggi 8 ta murabbiyiga taqqoslab ko‘ramiz

Baho:
+ | -

Pochettinoning "Tottenxem"dagi besh yillik faoliyatiga avvalo nazar tashlab olishimiz kerak. Demak, boshladik.

O‘yinlar: 293 ta
G‘alaba ko‘rsatkichi: 54.27%
Har bir o‘yinda o‘rtacha ochko: 1.84

Yomon emas a? Ko‘pchilik Pochettino o‘z darajasini "Tottenxem"da ko‘targan deydi. Bu qaysidir ma’noda to‘g‘ri. Argentinalik mutaxassis keyinchalik "PSJ"dagi og‘ir davrlarga chidashiga to‘g‘ri keldi. U hali ham 51 yoshda va erishadigan narsalari hali oldinda. Pochettinoning "Chelsi"ga kelishi hammasiga oydinlik kiritib beradi.

1. Grem Potter (2022-23)

O‘yinlar: 31 ta
G‘alaba ko‘rsatkichi: 39%
O‘rtacha ochko to‘plash: 1.42

Grem! U bekor "Chelsi"ga keldi deguvchilar ham ko‘p. Bu jamoa murabbiylarni paypoqdek almashtiradi. To‘g‘ri, ingliz mutaxassisi og‘ir damda keldi. Ammo, baribir bunchalik yomon natija qayd etish uchun nimadir muammoga ega bo‘lish kerak. Pochettino xohlasa ham bunday yomon o‘ynay olmasa kerak.

2. Tomas Tuxel (2021-22)

O‘yinlar: 63
G‘alaba ko‘rsatkichi: 56%
O‘rtacha ochko to‘plash: 1.94

Qiziqarli ma’lumot – Pochettino Tuxeldan ikki yosh katta. Bu degani nemis murabbiyi yosh bo‘la turib, yaxshi natijalarga erisha olgan. Pochettinoning jamoaga kelib birinchi qiladigan ishi esa muxlislar mehrini qozonish bo‘lishi kerak. Agar u buni eplay olsa, keyin nimadir bo‘lishi mumkin.

3. Frenk Lempard (2019-21)

O‘yinlar: 57 ta
G‘alaba ko‘rsatkichi: 49%
O‘rtacha ochko to‘plash: 1.67

Hozirgi vaqtinchalik davrini hisobga olmaganda, Lempard jamoasiga qaytib kelib, hammasini yaxshi boshlaydi. Ammo voqealar darrov yomon tomonga o‘zgarib ketgandi. Aytish mumkinki, Pochettinoning quradigan o‘yini Lempardnikidan ancha yaxshi va yoqimli bo‘ladi.

4. Maurisio Sarri (2018-19)

O‘yinlar: 38 ta
G‘alaba ko‘rsatkichi: 55%
O‘rtacha ochko olish: 1.89

Agarda "Chelsi" o‘tmishidagi murabbiylarga qarasangiz, ko‘plab nomlarni ko‘rasiz. Shulardan biri Sarridir. Uning jamoadagi davri unchalik ham yomon emasdi. APLda 3 o‘rin, Yevropa ligasi g‘olibligi va yoqimli futbol. Afsuski, italiyalik mutaxassis Kepa bilan hammaning oldida urshib ketgandi.

5. Antonio Konte (2016-18)

O‘yinlar: 76 ta
G‘alaba ko‘rsatkichi: 57%
O‘rtacha ochko yig‘ish: 2.14

Kontening "Chelsi" va "Tottenxem"dagi davri Pochettinoning "Tottenxem" va bo‘lajak "Chelsi"dagi davriga parallel sifatida keyinchalik qo‘yilsa kerak. Ularning qay biri yaxshi ekani, klublar erishgan yutuqlarda ko‘rinadi.

6. Joze Mourinyo (2004-07, 2013-15)

O‘yinlar: 211 ta
G‘alaba ko‘rsatkichi: 66%
O‘rtacha ochko yig‘ish: 2.19

Ikki davrlik ishi mobaynida Mourinyo "Chelsi"ni eng yaxshi jamoalardan biriga aylantirib, klub tarixida o‘chmas iz qoldiradi. U kabi bo‘lish oson emas. Pochettinodan ko‘p mehnat talab etilishi - turgan gap. "Chelsi" muxlislarini esa ishontirish oson ish emas.

7. Andre Villash-Boash (2011-12)

O‘yinlar: 27 ta
G‘alaba ko‘rsatkichi: 48%
O‘rtacha ochko yig‘ish: 1.70

Uning davrida hammasi tez tamom bo‘lgandi. Yosh mutaxassis uchun "Chelsi"dagi ish og‘irlik qiladi. Keyinchalik Villash-Boash "Tottenxem"da ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shu sababli undan o‘zish, Pochettinoga qiyin bo‘lmaydi.

8. Karlo Anchelotti (2009-11)

O‘yinlar: 76 ta
G‘alaba ko‘rsatkichi: 63%
O‘rtacha ochko yig‘ish: 2.07

Hozir Anchelottining "Chelsi"dagi davri unutilgandek tuyuladi. Ammo u bu jamoada yaxshi natijalarga erishgan. Ayniqsa, mutaxassisga bosim kuchli bo‘lganini hisobga olsak, uning qadri yanada ortadi. Hozirgi "Chelsi" boshqa. Rahbariyat va o‘yinchilarda o‘zgarishlar bor. Shu tufayli Pochettino unchalik ham qiynalmaydi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:00, 25.04.2023.
O'qildi: 1635 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.