Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

APL. «Manchester Siti» - «Arsenal» o‘yini raqamlarda

APL. «Manchester Siti» - «Arsenal» o‘yini raqamlarda

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasining 33-turida “Arsenal”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Gvardiolaning “mijoz”iga aylangan “Arsenal”

“Shaharliklar” barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 8 o‘yindan beri “Arsenal”ni mag‘lub etmoqda. Oxirgi marta “kanonirlar” 2020 yilning iyulida Angliya Kubogi yarim finali doirasida Manchester klubini mag‘lub etgandi (2:0). O‘shandan keyin “Manchester Siti” ketma-ket 8 o‘yinda g‘alaba qozondi, to‘plar nisbati — 21:4.

Premyer Liga doirasida esa “shaharliklar” qatorasiga 12 o‘yindan beri “Arsenal”ni yutmoqda. Londonliklar 2015 yilning dekabridan beri bu raqibni yenga olmayapti.

“Arsenal” APLda ketma-ket 4 o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Mikel Arteta jamoasi bundan avvalgi uchta turda durang qayd etgandi.

“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida 20 marta “Arsenal”ni mag‘lub etishga erishdi. Gvardiola hech qaysi klubni bu qadar ko‘p mag‘lub etmagan. Xosep “kanonirlar”ga qarshi jami 27 ta o‘yin o‘tkazgan:

“Barselona” boshqaruvida — 2 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat;

“Bavariya” boshqaruvida — 2 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat;

“Manchester Siti” boshqaruvida — 16 g‘alaba, 1 durang, 2 mag‘lubiyat.

Gvardiola uchun “qulay” jamoalar ro‘yxatida keyingi o‘rinlarda “Byornli” turadi (16 o‘yinda 15 g‘alaba). “Chelsi” va “Lester” esa 13 martadan taslim etilgan.

Bu Gvardiola va Arteta o‘rtasidagi 9-o‘yin bo‘ldi. Mikel ularning faqat bittasini o‘z foydasiga hal qila olgan (yuqorida qayd etilgan 2020 yilgi kubok o‘yini), 8 tasida Pepning qo‘li baland kelgan.

To‘xtatib bo‘lmas Holand

“Manchester Siti” forvardi Erling Holand barcha musobaqalar doirasida 43 o‘yinda 49 ta gol urdi. Norvegiyalik Angliya oliy divizioni o‘yinlari orasida ushbu natijani qayd etgan so‘nggi 36 yil ichidagi ilk futbolchi bo‘ldi. 1986/87 yilgi mavsumda “Tottenhem” sobiq hujumchisi Klayv Allen shunday ko‘rsatkich qayd etgandi.

Holand APL joriy mavsumidagi gollari sonini 33 taga yetkazdi. Bu orqali Erling 20 jamoadan (38 o‘yin) iborat mavsumlar rekordini yangiladi. Bundan avvalgi rekord 2017/18 yilgi mavsumda 32 ta gol urgan Muhammad Salohga tegishli edi.

Umumiy rekordgacha bitta gol qoldi. Endi Koul (1993/94) va Alan Shirer (1994/95) 42 turdan iborat chempionatda 34 tadan gol urgandi.

Holand “Manchester Siti” safidagi so‘nggi 11 ta o‘yinda 21 ta samarali harakat amalga oshirdi — 17 gol va 4 assist. Mazkur o‘yinda norvegiyalik hujumchi bitta gol va ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kevin de Bryuyne bu bahsda dublga erishdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Belgiyalik yarim himoyachi mankunianlar safidagi oxirgi 8 ta o‘yinida 4 ta gol va 7 ta assist muallifiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:44, 27.04.2023.
O'qildi: 2523 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.