Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

APL. «Liverpul» — «Tottenhem» uchrashuvi raqamlarda

APL. «Liverpul» — «Tottenhem» uchrashuvi raqamlarda

Baho:
+ | -

“Liverpul” Angliya Premyer ligasining 34-turida “Tottenhem”ni 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Quyida uchrashuvga oid statistika va raqamlar taqdim etiladi.

So‘nggi daqiqalarda gol urishni yoqtiradigan “Liverpul”

Diogu Jota “Liverpul”ning 90-daqiqadan keyin urilgan 41-g‘alaba goliga mualliflik qildi. Bu rekord hisoblanadi va “qizillar” bu borada APLdagi boshqa jamoalarni kamida 11 ta to‘pga ortda qoldirmoqda.

Yurgen Klopp murabbiylik faoliyati davomida 10 marta “Tottenhem”ni mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, Klopp jamoalari “shporlar” bilan 6 ta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etgan. Nemis mutaxassisini mag‘lub eta olgan “Tottenhem”ning yagona murabbiyi Maurisio Pochettino hisoblanadi.

“Liverpul” himoyachisi Trend Aleksander-Arnold Angliya Premyer Ligasi tarixida ikki mavsumda ketma-ket beshta uchrashuvda assist qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi. Himoyachi avvalroq 2019 yilda ham bunday natijaga erishgandi.

Mersisaydliklar hujumchisi Muhammad Saloh jamoa safidagi 300-o‘yinida 184-golini kiritdi. Misrlik futbolchi Robbi Faulerni (369 o‘yinda 183 gol) ortda qoldirib, “Liverpul”ning barcha davrlardagi to‘purarlari orasida 6-o‘ringa ko‘tarildi.

“Shporlar”ning antirekordi, Runiga yetib olgan Harri

“Tottenhem” APLning 2022/23 yilgi mavsumida uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida gol o‘tkazish bo‘yicha antirekord qayd etib turibdi. Jamoa 13 marta tezkor gol o‘tkazib yuborgan.

“Tottenhem” futbolchisi Son Hyon Min so‘nggi 11 ta mavsumining o‘ntasida liga o‘yinlarida 10 ta va undan ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Koreyalik hujumchi faqat 2015/16 yilgi mavsumda bu natijani qayd etolmagan.

“Shporlar” hujumchisi Harri Keyn APLda gol urish bo‘yicha Ueyn Runiga yetib oldi va 2-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Futbolchi “Liverpul”ga qarshi o‘yinda o‘zining 208-golini kiritdi. Birinchi o‘rinda 260 ta gol bilan Alan Shirer bormoqda.

Shuningdek, faqatgina Harri Keyn va Alan Shirer Premyer Liganing 4 mavsumida 25 tadan ortiq gol ura olgan.

London klubining braziliyalik yarim himoyachisi Risharlison Angliya Premyer Ligasi 2022/23 yilgi mavsumida ilk golini urdi. Qayd etish kerak, futbolchi APL joriy mavsumida gol nishonlash vaqtida libosini yechgani uchun 2 marta ogohlantirish oldi. Avvalroq Risharlison gol urganidan keyin kiyimini yechib nishonlagan va sariq kartochka olgandi. Biroq gol ofsayd tufayli inobatga olinmagan, kartochka esa o‘z kuchida qolgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:06, 01.05.2023.
O'qildi: 2257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.