Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Alamzada «Arsenal» chalajon «Chelsi»ni yuta oladimi? (prevyu)

Alamzada «Arsenal» chalajon «Chelsi»ni yuta oladimi? (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun APL 34-turidan o‘rin olgan bahsda «Arsenal» hamda «Chelsi» o‘zaro to‘qnash keladi. Aslida ushbu uchrashuv shanba kuni bo‘lishi kerak edi. Biroq «Metropolitan» organi tomonidan xavfsizlik masalalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani uchun bugunga ko‘chirildi. O‘yin tunda 00:00da start oladi.

«Arsenal»

«Kanonirlar» ushbu turga kayfiyatsiz bo‘lib yetib keldi. Oldingi turda «Man Siti»ga jamoa 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Kevin de Bryuynening dubli hamda Stounz va Xolandning gollari poytaxtliklarni chempionlik yo‘lidan biroz chetga chiqarib yubordi. Yakshanba kuni «shaharliklar» «Fulxem»ni kichik hisobda yengishdi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Farq bir ochko, ammo «Siti»da bitta o‘yin ko‘proq. Shunga qaramay «Arsenal» uchun mavsum yomon o‘tmadi. Jamoa 6 yil deganda ilk bor YECHLda ishtirok etadi. Biroq bu «to‘pchilar» rahbariyatiga bahona bo‘la olmaydi. Jamoa marraga yetdim deganda yo‘q joydan ochkolar yo‘qotdi. «Liverpul», «Vest Xem» hamda «Sautgempton»ga qarshi bahslarda «Arsenal» yutayotib g‘alabalarni yo‘qqa chiqardi va «Etihad»da yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

«Arsenal»ning APLdagi oxirgi 10 o‘yindan 5 tasi:

«Aston Villa» - 4:2 (0:2 yutqazib turgan, g‘alaba goli 90+da)

«Bornmut» - 3:2 (0:2 yutqazib turib, g‘alaba goli 90+ da)

«Liverpul» - 2:2 (2:0 yutib turib, oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazilgan)

«Vest Xem» - 2:2 (2:0 yutib turilgan)

«Sautgempton» - 3:3 (88-daqiqadagi hisob - 1:3)

Undan oldin «Everton» va «Manchester Siti»dan mag‘lubiyat, «Brentford» bilan durang, «MYU» bilan o‘yinda ham 90+da g‘alaba goli. Ya’ni, 2-davraning o‘zida «Arsenal» 9 o‘yinda yo o‘yinni, yo hisobni o‘z nazoratida ushlab tura olmagan. Yoki nazoratni qo‘ldan chiqargan. Odatda, chempionlar so‘nggi turlarda o‘z o‘yinlari tizginini ushlab turish orqali ochko to‘playdilar. Yana bir fakt, «Arsenal» o‘z maydonida jami 21 gol o‘tkazib yubordi. Faqat 2 jamoada ko‘proq xolos. Jamoa so‘nggi 4 ta o‘yinda jami 11 ta gol o‘tkazib yubordi. So‘nggi 7 bahsda esa o‘z darvozasidan tinimsiz to‘p o‘tkazib yubormoqda.

«Chelsi»

«Aristokratlar»ning holati «Arsenal»dan yomonroq. Jamoa APLda ketma-ket 6 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Ularning 4 tasi mag‘lubiyat. Umuman olganda, Lempardning tayinlanishi omadsiz bo‘lib chiqdi. Jamoa xavfli zonadan atigi 10 ochkoga tepada xolos. Agar bugun «Chelsi» yutqazadigan bo‘lsa, bu mavsumdagi 20-mag‘lubiyat sifatida qayd etiladi va 1987-88 yillardagi antirekordni takrorlaydi. Klub butun aprel oyida bitta gol urdi, uning muallifi Konor Gallaxer. Jamoa safardagi 10 o‘yinning atigi bittasida g‘alaba qozongan xolos. Shu sababli ham bugun «ko‘klar»ning «Emireyts»dagi muvaffaqiyatiga ishonish qiyin. O‘zaro so‘nggi 3 uchrashuv «Arsenal» foydasiga hal bo‘lgan, hatto birida yirik 4:0 hisobi qayd etilgan. «Chelsi» oxirgi marta «to‘pchilar»ni 2021 yil avgustida «Emireyts»da 2:0 hisobida yutgan edi.

Yangiliklar

Arteta «Siti»ga qarshi bahsda Salibani yo‘qotdi. Uning uchun katta ehtimol bu mavsum yakunlandi. Tomiyasu hamda Elneni haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.

«Chelsi»da esa Meyson Maunt, Ris Jeyms hamda Mark Kukurelya o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Kiritildi: 14:25, 02.05.2023.
O'qildi: 1383 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.