Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

A seriya. Shomurodov assist qayd etgan o‘yinda «Spesiya» safarda «Atalanta»ga yutqazdi

A seriya. Shomurodov assist qayd etgan o‘yinda «Spesiya» safarda «Atalanta»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining joriy mavsumida kuchli to‘rtlikka kirish uchun harakat qilayotgan «Atalanta» bugun o‘z maydonida «Spesiya»ni qabul qilib, juda qiyin g‘alabaga erishdi.

Bahsning 18-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Shomurodov boshlab bergan hujumni jamoadoshi davom ettirdi hamda Gyasiy yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.

Uchrashuving 32-daqiqasida esa bergamoliklar hisobni tenglashtirishdi. De Ron tomonidan yo‘llangan zarbani "Spesiya" posboni qaytara olmadi.

"Atalanta" ikkinchi bo‘limning dastlabki 10 daqiqasini juda kuchli o‘tkazdi va ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bahsning 64-daqiqasida esa Shomurodovning sa’y-harakatlari evaziga "Spesiya"ga ikkinchi golni urdi: hamyurtimiz raqibdan to‘pni olib qo‘ydi hamda chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydoniga kirayotgan jamoadoshiga uzatma berdi. Burabiya aniq zarba bilan darvozani zabt etdi.

Shundan so‘ng tashabbus "Spesiya" tomoniga o‘tdi. Jamoa hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi. Bir vaziyatda to‘p to‘singa tegib qaytdi.

"Atalanta" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 58taga yetkazib, vaqtinchalik bo‘lsa-da jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarildi. "Spesiya" esa 27 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.

Italiya chempionati, 33-tur
Atalanta – Spesiya 3:2 (1:1)
Gollar: 0:1 – 18 Gyasiy, 1:1 – 32 de Ron, 2:1 – 48 Dzappakosta, 3:1 – 54 Muriel, 3:2 – 64 Burabiya.
Atalanta – Musso, Dzappakosta, Toloi, Djimshiti, Skalvini (Palomino, 67; Demiral, 83), Mele (Soppi, 90), de Ron, Pashalich (Ederson, 67), Kopmeyners, Sapata, Muriel (Boga, 67).
Spesiya – Drongovski, Amyan (Ferrer, 66), Nikolau, Visnevski, Resa, Ampadu (Ekdal, 57), Bastoni (Espozito, 57), Burabiya (Verde, 83), Agudelo (Krollis, 83), Gyasiy, Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Ampadu (38), Bastoni (40), Agudelo (75).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:01, 03.05.2023.
O'qildi: 2951 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик