Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aziz G‘aniyev BAA chempioniga aylandi. U hal qiluvchi o‘yinda gol urdi (video)

Aziz G‘aniyev BAA chempioniga aylandi. U hal qiluvchi o‘yinda gol urdi (video)

Baho:
+ | -

Dubayning “Shabob al-Ahli” klubi BAA chempionatining 25-turida “Bani-YAs”ni mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 61-daqiqasida maydon egalari hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay dubayliklar Aziz G‘aniyevning golidan keyin muvozanatni tikladi. Uch daqiqa o‘tib Yahyo al-G‘assoniy “Shabob”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa “Shabob al-Ahli” chempionat tugashiga bir tur qolganda chempionlik masalasini hal qildi. Dubay klubi ikkinchi o‘rindagi “Al-Ayn”ni uch ochkoga ortda qoldirmoqda va o‘zaro o‘yinlardagi ustunlik evaziga muddatidan avval chempionlikni hal qildi.

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Aziz G‘aniyev joriy mavsum liga doirasida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Uch yildan beri BAA klubi safini himoya qilayotgan G‘aniyev jamoasi bilan ilk bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar u “Shabob” bilan BAA prezidenti kubogi, Liga kubogi va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqqandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:58, 08.05.2023.
O'qildi: 13403 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик