Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Oliver Kan Myullerning "Bavariya"dan ketishi mumkinligiga izoh berdi

Oliver Kan Myullerning "Bavariya"dan ketishi mumkinligiga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh direktori Oliver Kan hujumchi Tomas Myullerning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.

“Bu ketish amalga oshmaydi. Tomas sog‘lom, hech qachon jarohat olmagan, u juda kuchli xarakterga ega. U juda muhim futbolchi. Ishonchim komilki, Tomas biz uchun hali ko‘p o‘yinlar o‘tkazadi", - deya Kanning so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.

Avvalroq, futbolchining o‘zi klubdan ketishi haqidagi mish-mishlar haqida gapirgandi.

33 yoshli Myuller "Bavariya"da 2009 yildan buyon to‘p suradi. Shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u myunxenliklar safida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:11, 12.05.2023.
O'qildi: 1073 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик