Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Saliba jarohat olganidan beri "Arsenal"ning ishi ortga ketdi. Himoyachi yo‘qligida APL jadval qanday o‘zgargan edi?

Saliba jarohat olganidan beri "Arsenal"ning ishi ortga ketdi. Himoyachi yo‘qligida APL jadval qanday o‘zgargan edi?

Baho:
+ | -

Ko‘plab futbol mutaxassislari Vilyam Salibaning jarohat olishi 2022-23 yilgi mavsumda "Arsenal" faoliyatida burilish nuqta yasaganini ta’kidlashmoqda. Statistikalar esa bu fikrlarni tasdiqlaydi. Xususan, "Arsenal" mart oyining o‘rtasida "Sporting" bilan YEL musobaqasida maydonga tushganida, jamoa APLda besh ochko bilan yetakchilik qilayotgan edi. O‘sha o‘yinda penaltilar seriyasi "Arsenal"ni musobaqadan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Mikel Arteta jamoasida esa 11 o‘yin va bitta front qolgandi. Ammo mag‘lubiyat o‘zi bilan birga Salibaga jarohat ham olib keldi. Shundan beri Fransiya terma jamoasi a’zosi maydonga tushmadi.

Saliba belidan olgan jarohati bilan ortiq bahslarda ishtirok etmadi. Uning shartnomasi esa yakuniga yetishiga atigi bir yil qoldi xolos. Himoyachining yangi bitimi borasida Mikel Arteta shunday degan edi: "Biz jamoamiz uchun muhim bo‘lgan talantni olib qolishni istaymiz. Ayniqsa, hurmatga loyiq bo‘lganlarini. Men Salibani ijaradan qaytarib oldim. Negaki, u bizga zarur edi. Jamoamizga keltirgan foydalari uchun Saliba mukofotga loyiq deb o‘ylayman. Bu mukofot esa yangi shartnoma bo‘ladi. Biz yaqin damlar ichida o‘sha bitim borasida kelishuvga erishamiz".

"Arsenal" Salibani yo‘qotgani, avvaliga sezilmagan edi. Rob Xolding uning o‘rnida harakat qilib, "Kristal Pelas" va "Lids Yunayted"lar taslim etiladi. Hammasi reja bo‘yicha ketayotgan bir paytda "Liverpul" bilan bahs yetib keldi. 2-2 bilan tugagan o‘yin, Arteta shogirdlari ruhiyatiga yomon ta’sir qildi chog‘i, keyingi ikkita uchrashuvlarda ham ketma-ket durangga imzo chekildi. Ortidan esa "Manchester Siti"ga qaqshatqich mag‘lubiyatga uchraldi. Ha, keyiniga "Chelsi" va "Nyukasl"ga qarshi muhim g‘alabalar qayd etilgandi. Ammo "Brayton"ga uchralgan yirik mag‘lubiyat "Arsenal"ning so‘nayotgan umidiga suv sepdi, qo‘ydi.
Oqibatda, Saliba jamoaga qanchalik kerakligi ma’lum bo‘lib, to‘pchilar natijalari salbiylashib ketdi. U ketganidan beri yettita klub, jumladan "Aston Villa", "Brayton" va "Kristal Pelas"lar "Arsenal"dan ko‘proq ochko to‘play olgan edi.
Quyida Vilyam Saliba jarohat olganidan beri APL turnir jadvali qanday ko‘rinish olganiga e’tibor beramiz (16 martdan beri).

1. "Manchester Siti" – 24 ochko (8 ta o‘yin)
2. "Liverpul" – 23 ochko (10 ta o‘yin)
3. "Nyukasl" – 22 ochko (10 ta o‘yin)
4. "Aston Villa" – 22 ochko (10 ta o‘yin)
5. "Brayton" – 16 ochko (9 ta o‘yin)
6. "Kristal Pelas" – 16 ochko (9 ta o‘yin)
7. "MYU" – 16 ochko (9 ta o‘yin)
8. "Arsenal" – 15 ochko (9 ta o‘yin)
9. "Bornmut" – 15 ochko (10 ta o‘yin)
10. "Vest Xem" – 13 ochko (10 ta o‘yin)
11. "Vulverxempton" – 13 ochko (9 ta o‘yin)
12. "Fulxem" – 12 ochko (9 o‘yin)
13. "Brentford" – 12 ochko (10 ta o‘yin)
14. "Tottenxem" – 9 ochko (9 ta o‘yin)
15. "Nottingem" – 8 ochko (9 ta o‘yin)
16. "Lids" – 8 ochko (14 ochko)
17. "Everton" – 7 ochko (9 ta o‘yin)
18. "Chelsi" – 6 ochko (9 ta o‘yin)
19. "Lester" – 6 ochko (10 ta o‘yin)
20. "Sautgempton" – 2 ochko (9 ta o‘yin)

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:02, 16.05.2023.
O'qildi: 1509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.