Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Xavi Jozedan o‘zib ketishi mumkin

Xavi Jozedan o‘zib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

Xavi tez orada Joze Mourinyoning «Chelsi»dagi ilk mavsumidayoq o‘rnatgan rekordini yangilashi mumkin.

«Barselona» joriy mavsumda chempionatda o‘tkazgan 34 o‘yinidan 25 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropaning top-5 ligasidagi rekord natija - bir xil 25 ta o‘yinni tashkil etadi, lekin 38 ta o‘yinda qo‘lga kiritilgan. Aynan shu raqamlar bilan «ko‘klar» 2004/05 yilgi mavsumni yakunladi. Ajoyib Petr Chex, Paulo Ferreyra, Rikardo Karvalyu, Jon Terri va Eshli Kouldan tashkil topgan afsonaviy tarkib bilan birga o‘sha yilning asosiy natijalariga erishildi.

Yaqin o‘n yillikda hech kim «Chelsi»ning rekordidan o‘tib keta olmaydigandek tuyuldi. Ammo, agar kataloniyaliklar qolgan 4 ta o‘yinda yana kamida bir marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishsa, 18 yildan keyin bu rekordni yangilashadi.

«Barsa» dam olish kunlarida «Espanyol» ustidan g‘alaba qozonib, La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Qolgan o‘yinlarda Xavi jamoasi «Real Sosyedad», «Real Valyadolid», «Malyorka» va «Selta» klublariga qarshi maydonga tushadi.

Shuningdek, «Barselona» bu mavsumda kam gol o‘tkazish bo‘yicha rekordlarni yangilamoqda. Ular 13 ta gol o‘tkazib yuborgan. O‘tkazib yuborilgan gollar soni hayratlanarli - 34 turda 13 ta. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 0,333 to‘g‘ri keladi. Top 5 Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich 0,367 edi (1969/1970 yilgi mavsumdagi «Kalyari»). Xo‘sh, «Barselona» qanday qilib bunday ajoyib himoyaga ega? Fref ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» joriy mavsumda 25,4 ta gol o‘tkazib yuborishi mumkin edi.

Kiritildi: 22:46, 16.05.2023.
O'qildi: 2173 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.