Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» Saliba bilan shartnomani uzaytirmoqchi

«Arsenal» Saliba bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati himoyachi Uilyam Saliba bilan yangi mehnat shartnomasi tuzmoqchi, bu haqda RMC Sport xabar bermoqda. Tomonlar muzokara jarayonini boshlab yuborishgan.

Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati kelasi yilning o‘rtalarigacha hisoblanadi. Futbolchi 2019 yilning iyul oyidan beri «kanonirlar» safida to‘p tepmoqda. 22 yoshli himoyachining transfer qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.

Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida Uilyam 27 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Himoyachida to‘rtta sariq kartochka ham bor.

Kiritildi: 11:26, 17.05.2023.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.