Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Al-Hilol" Lyorisning og‘zini "pul bilan yopmoqchi"

"Al-Hilol" Lyorisning og‘zini "pul bilan yopmoqchi"

Baho:
+ | -

Londonning “Tottenxem” klubining fransiyalik darvozaboni Ugo Lyorisning Saudiya klubiga transferining ma’lum shartlari ochiqlandi. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Lyorisni taklif qilishdan manfaatdor bo‘lgan klub "Al-Hilol" bo‘lib, u jamoaga o‘tishi uchun darvozabonning maoshini 3 barobar oshirishga tayyor. Fransiyalik futbolchining o‘zi Saudiya klubi taklifini o‘rganmoqda.

36 yoshli Lyoris 2012 yildan buyon “Tottenxem”da o‘ynab kelmoqda. Darvozabonning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda darvozabon “shporlar” safida barcha turnirlar doirasida 31 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 45 ta gol o‘tkazib yubordi va 9 marta o‘z darvozasini daxlsiz qoldirdi. Lyoris London klubidagi faoliyati davomida birorta ham jamoaviy sovrinini qo‘lga kirita olmagan.

Kiritildi: 17:29, 18.05.2023.
O'qildi: 1456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик