Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Barselona» La Ligadan rozilik olishi kerak

«Barselona» La Ligadan rozilik olishi kerak

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandesning yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasidagi rejalari ma’lum bo‘ldi.

Mundo Deportivo jurnalistlari xabariga ko‘ra, mutaxassis rahbariyatdan 6 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishni istamoqda, shu bilan birga, ehtimoliy yangi futbolchilar nomi hali oshkor etilmagan.

Manbaning qayd etishicha, «ko‘k-anorranglilar» transferlar ustida ish boshlash uchun La Liganing roziligini kutmoqda.

Shu bilan birga, «Barselona» o‘z safiga qo‘shib oluvchilarga joy bo‘shatish maqsadida bir qator futbolchilari bilan xayrlashadi.

Mavsum tugashiga 4 tur qolganida kataloniyaliklar muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylanishdi. Keyingi o‘yinda Xavi shogirdlari «Real Sosyedad»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:59, 19.05.2023.
O'qildi: 2005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик