Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi 1-0 Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Xorazm
26/04 19:00 Mash’al 0-0 Surxon
26/04 19:00 Brayton 3-2 Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl 3-0 Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton 1-2 Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton 3-0 Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) 4-1 Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino
28/04 19:00 Bunyodkor - OKMK
28/04 21:30 Udineze - Bolonya
28/04 23:45 Verona - Kalyari
28/04 23:45 Lasio - Parma

"Tottenxem" o‘ziga bosh murabbiy qidirmoqda: klubda oltita variant bor

"Tottenxem" o‘ziga bosh murabbiy qidirmoqda: klubda oltita variant bor

Baho:
+ | -

"Tottenxem" uchun "murabbiy ovi" davom etadi. Klub yaqinda "Feyenoord" ustozi Arne Slot uchun taklif yuborgandi. Ammo niderlandiyalik mutaxassis ӯz jamoasida qolishini bildirdi. "Feyenoord" rahbariyati bilan kechgan muzokaralardan keyin Slot ketmaydigan bo‘ldi. Shu sabab "shporlar" o‘ziga boshqa mutaxassis qidirishi lozim. London klubi mana 60 kundirki, bosh murabbiysiz harakat qilmoqda. Jamoa rahbariyati mart oyida Antonio Konteni ishdan olgandi.
"Tottenxem", avvaliga sobiq murabbiy Maurisio Pochettinoni yana qaytarmoqchiday tuyulgandi. Ammo argentinalik mutaxassis ayni damda "Chelsi"ga keladigan bo‘lib turibdi. Endilikda, Daniel Levi boshqa nomlarni ko‘zdan kechirishi kerak. Quyida o‘sha nomlar keltiriladi.

Luis Enrike

"Barselona"ning sobiq ustozi Ispaniya termasini boshqarayotgan edi. Ammo uning shogirdlari Qatardagi Jahon chempionatida Marokashga imkoniyatni boy bergach, u ishdan olindi. Enrike "Chelsi"dagi ish joyi uchun intervyuda qatnashgan. Ammo bu jarayon muvaffaqiyatli bo‘lmagan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, endilikda, 53 yoshli mutaxassis uchun "Tottenxem" kurashib ko‘radi.

Yuliyen Nagelsman

Nemis murabbiyi ikki haftacha oldin "Tottenxem" uchun jiddiy nomzod sifatida ko‘rinish bergandi. Ammo klub rahbariyati Nagelsman borasida shoshmaslikni ma’qul ko‘rdi. Garchand 35 yoshli mutaxassisning mavqeyi baland bo‘lsada, "shporlar" bu mavzuda qaror qabul qilishga qiynalmoqda. Negaki, klubda sport direktori tayinlash bilan bog‘liq muammolar ham mavjud.

Grem Potter

"Chelsi"ning eng omadsiz murabbiylaridan biriga aylangan Potter, London jamoasida og‘ir davrlarni o‘tkazishga majbur bo‘ldi. U aprel oyining boshida o‘ta qoniqarsiz natijalari sababli ishdan olingandi. "Chelsi" Potterni tayinlashidan oldin "Tottenxem" ham unga og‘iz solib ko‘rmoqchi bo‘lgan. Ammo bu ish amalga oshmaydi. Aytish mumkinki, "Shporlar" uchun sobiq "Chelsi" murabbiylarini olib kelish omad keltirmayapti. Buni Antonio Konte va Joze Mourinyo misolida ko‘rdik.

Luchano Spalletti

Tajribali italyan mutaxassisi "Napoli"dan ketish bo‘sag‘asida turgani aytilmoqda. Garchand u neopolliklarni Maradona davridan keyin ilk bor chempionlikka erishtirgan bo‘lsa ham, uning klub rahbariyati bilan munosabatlariga sovuqchilik tushgan. Uning hozirgi holati Antonio Kontening 2021 yilgi "Inter"dagi ahvoliga o‘xshaydi. Spalletti uchun "Tottenxem" kurashib ko‘rsa bo‘ladi.

Brenden Rojers

"Lester"dan haydalgan murabbiyning so‘nggi o‘n yillikda ko‘p marta "Tottenxem"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bu narsa amalga oshmadi. Rojers yaxshi murabbiy. Ammo uning hozirgi mavqeyi keng jamoatchilik oldida ancha tushib ketdi. Shu sabab bu variant borasida yaxshilab o‘ylab ko‘rilishi kerak.

Rud van Nistelroy

"Manchester Yunayted" afsonasi joriy mavsumda "PSV"da ancha muvaffaqiyatli ishladi. Ammo klub rahbariyati bilan kelishmovchilik sababli van Nistelroyning debyut faoliyati omadsizlikka yuz tutdi. Shunga qaramay, u "PSV"ni Niderlandiya kubogi sohibiga aylantira oldi. Ayni damda Rud van Nistelroy ishsiz va "shporlar" uni taklif qilsa bo‘ladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:46, 28.05.2023.
O'qildi: 2307 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz