Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Joriy mavsum APLda "katta oltilik" klublari o‘zaro o‘yinlarda qanday natija qayd etdi?

Joriy mavsum APLda "katta oltilik" klublari o‘zaro o‘yinlarda qanday natija qayd etdi?

Baho:
+ | -

APLning an’anaviy kuchli oltilik jamoalari doimo bir-biriga qarshi kurashadi. Ular kuchli to‘rtlik va chempionlik uchun jangga kiradi. Joriy mavsum ham bundan mustasno emas. 2022-23 yil davomida biz APLning bor tarovatidan bahramand bo‘ldik va bu bizga katta taassurotlarni ulashdi. Bunda kuchli oltilik jamoalarining ta’siri katta edi. Tan olish kerakki, bu mavsum qolganlariga qaraganda boshqacharoq kechdi. O‘zining qimmat tarkibi va boyligi bilan maqtanadigan jamoalarning ayrimlari yetakchi o‘rinlarga erisha olmadi. Bizda yillar davomida shakllangan "Manchester Siti", "MYU", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" tartibi buzilib ketdi.

"Nyukasl Yunayted" mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlab, YECHLga so‘nggi 20 yilda ilk bor yo‘l oldi. Aytish mumkinki, klub egalari kiritgan sarmoya yaqin yillarda bu jamoani top darajaga olib chiqadi. Mavsumning yana bir kashfiyoti bu "Brayton" edi. "Chag‘alaylar" o‘z darajasidan ham yuqoriga sakray oldi va kuchli jamoalar bo‘lmish "MYU", "Arsenal", "Chelsi" va "Liverpul"ni munosib tarzda mag‘lub etdi. Bu natijalar klubni 6 o‘ringa olib chiqib, YELga yo‘llanmani taqdim etdi.
Yuqoridagi ikki klub inqiroz ko‘chasiga kirib qolgan "Chelsi" va "Tottenxem" o‘rnini egalladi deyish mumkin. Xususan, "Chelsi" APLdagi eng yomon natijasini qayd etib, turnir jadvalining pastki yarmida qolib ketgan bo‘lsa, "shporlar" yevrokuboklardan quruq qolish arafasida turibdi.

Qizig‘i joriy mavsumdagi kuchli oltilikning o‘zaro natijalari ham umumiy turnir jadvalini aks ettiradi. Unda ham xuddi amaldagi kabi "Manchester Siti" birinchi, "Arsenal" ikkinchi, "MYU" esa uchinchi pog‘onani band etgan. APL jadvalida "Liverpul" beshinchi raqamda qayd etilayotgan bo‘lsa, "Tottenxem" va "Chelsi"ning natijalari o‘ta yomonligi bilan ajralib turibdi. Masalan, "Chelsi" kuchli oltilik jamoalari bilan bahsda bitta ham o‘yinni yuta olmadi. Ularning "MYU"ga qarshi 4-1 hisobida tugagan bahsi, mavsumga mantiqiy nuqta qo‘ygandi.
Demak, quyida o‘zaro o‘yinlar natijalari bo‘yicha olti klub tartiblanadi.

1. "Manchester Siti" – 21 ochko

O‘yinlar: 10 ta
G‘alabalar: 7 ta
Duranglar: 0 ta
Mag‘lubiyatlar: 3 ta
Gollar: 24 ta
O‘tkazilgan gollar: 12 ta
Gollar farqi: +12

2. "Arsenal" – 19 ochko

O‘yinlar: 10 ta
G‘alabalar: 6 ta
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyatlar: 3 ta
Gollar: 20 ta
O‘tkazilgan gollar: 18 ta
Gollar farqi: +2

3. "MYU" – 17 ochko

O‘yinlar: 10 ta
G‘alabalar: 5 ta
Duranglar: 2 ta
Mag‘lubiyatlar: 3 ta
Gollar: 21 ta
O‘tkazilgan gollar: 23 ta
Gollar farqi: -2

4. "Liverpul"– 15 ochko

O‘yinlar: 10 ta
G‘alabalar: 4 ta
Duranglar: 3 ta
Mag‘lubiyatlar: 3 ta
Gollar: 20 ta
O‘tkazilgan gollar: 14 ta
Gollar farqi: +6 ta

5. "Tottenxem" – 8 ochko

O‘yinlar: 10 ta
G‘alabalar: 2 ta
Duranglar: 2 ta
Mag‘lubiyatlar: 6 ta
Gollar: 14 ta
O‘tkazilgan gollar: 21 ta
Gollar farqi: -7

6. "Chelsi" – 4 ochko

O‘yinlar: 10 ta
G‘alabalar: 0 ta
Duranglar: 4 ta
Mag‘lubiyatlar: 6 ta
Gollar: 5 ta
O‘tkazilgan gollar: 15 ta
Gollar farqi: -10

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:55, 28.05.2023.
O'qildi: 2528 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.