Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Everton" bu futbolchini to‘liq sotib olishdan voz kechdi

"Everton" bu futbolchini to‘liq sotib olishdan voz kechdi

Baho:
+ | -

The Guardian xabariga ko‘ra, himoyachi Konor Koudi ijara muddati tugaganidan keyin "Everton"ni tark etdi. Klubda Angliya terma jamoasi futbolchisini "Vulverxempton"dan 5,625 million dollar (4,5 million funt) evaziga sotib olish imkoniyati bor edi, ammo ular bundan foydalanmadi va boshqa markaziy himoyachi qidiradi.

30 yoshli Koudi o‘tgan mavsumda "Everton" tarkibida 25 o‘yinda maydonga tushdi, biroq bosh murabbiy Frenk Lempard lavozimini tark etib, Shon Daych tayinlangach, futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi.

Shuningdek, "Everton"ni Lissabonning "Sporting' klubidan ijara asosida o‘ynagan portugaliyalik chap qanot himoyachisi Ruben Vinagre ham tark etdi. Mavsum davomida u mersisaydliklar tarkibida atigi to‘rtta o‘yin o‘tkazdi.

“Everton” so‘nggi turda “Bornmut”ni (1:0) mag‘lub etib, elitadagi o‘rnini saqlab qoldi.

Kiritildi: 09:25, 02.06.2023.
O'qildi: 1083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик