Futbol olamida shunday shaxslar borki, ularning negativlari juda ko‘p ammo ular shunda ham afsonalar safidan joy olishni biladi. Ularning o‘zgacha qaysarligi va noyob uslubi ko‘pchilikda nafrat uyg‘otadi. Biroq biz bu harakterga qarab, uning muvaffaqitli o‘yinlarni ko‘zdan qochira olmaymiz. Menimcha, bunday shaxslar tilga olinganda murabbiylardan Joze Mourinyo, futbolchilardan Balotelli va Ibrahimovich ko‘z oldimizga keladi. Ulardan biri kuni kecha faoliyatini yakunladi va muxlislar bilan xayrlashdi. Gap Zlatan haqida ketmoqda, u shunday shaxski futboldan ketdi va endi biz uni futbolda ko‘rishimiz dargumon. Sababi hech kim "shved o‘g‘loni"ni murabbiy sifatida ko‘ra olmaydi va bu uning supernatijalariga soya solishi ham mumkin. Keling quyida Zlatanning ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan fikrlarini keltirib o‘tamiz. Manashu so‘zlarni deb ham uni yomon ko‘radigan muxlislar topiladi. Nima bo‘lganda ham u afsona!
"Ronaldudan uch baravar yaxshiroqman"
Zlatan 2020 yil Amerikadan Italiyaga qaytgan va o‘zining jonajon klubi "Milan" safida to‘p tepa boshlagan. O‘sha paytlar Ibra jamoaga yangi kelib qo‘shilishi bilan 21 raqamli libosda harakat qila boshlagan. Albatta uning turli raqamlarda futbol o‘ynaganini bilamiz. Lekin nega o‘sha raqamlarni emas aynan 21ni tanlagani jurnalistlar va qiziqqon ishqibozlarda turli savollar keltirib chiqardi va oxir-oqibat Zlatan bunga o‘z uslubida izoh bergan. Jurnalistning "nega 21 raqamni tanladingiz" savoliga kahramonimiz quyidagicha javob qaytargan " Eng yaxshi 7 raqamli futbolchi sizningcha kim? Bilaman Ronalduni o‘ylayapsiz. Men eng yaxshi 7 raqamlidan 3 baravar yaxshiroqman". Zlatandan yana qanday fikr kutish mumkin edi?
"Men "MYU" uchun xudoman"
Zlatan "MYU"da ham yaxshi o‘yinlar o‘tkazgan va jamoa muxlislari uni juda xurmat qilishgan faqat uning bir fikri klub muxlislari orasida norozichilikka sabab bo‘lgan. Intervyularidan birida fransiyalik afsonaviy futbolchi Erik Kantona o‘zini "qizil iblislar"ning shaxzodasi ekanligini ta’kidlab o‘tgan va bu muxlislarning e’tiborini unchalik o‘ziga tortmagan. Har bir muxlis o‘zi uchun Bekxem yoki Runini shaxzoda deb bilavergan. Ammo Zlatan bu intervyuga javoban - "Kantona shaxzoda bo‘lsa, men o‘zimni qirol deb atay olmayman. Men bir yo‘la "MYU" uchun xudoman" degan ma’nodagi gaplarini aytgan. Yana aytaman axir bu Zlatan!
"Meni ayblasang ikkala oyog‘ingni ham sindiraman"
Zlatan o‘yinlarning birida Rafael van der Vartning oyog‘iga tepib oladi va niderlandiyalik jarohat olib maydonni tark etadi. Shundan so‘ng Rafael intervyuda Zlatan uni atayin jaroxatlash maqsadida oyog‘iga tepganini aytadi. Ammo shved bir gap bilan van der Vartning "chakagini yopgan". "Xoy, Rafael men seni atayin jarohatlash maqsadida oyog‘ingga tepmadim. Bu o‘yindagi vaziyat agar meni yana ayblasang ikkala oyog‘ingni ham sindiraman. Ana o‘shandagina men seni atayin jarohatlagan bo‘laman". Eh Zlatan yana nimalar degansan-a!?
"Siz xudo bilan garlashyapsiz"
JCH-2014 saralash bosqichiga qur’a tashlangach jurnalistlar Zlatandan ham intervyu olishga intilishgan va juda ko‘p muxlislarning g‘azabini keltiruvchi fikrlarni Ibradan eshitishgan.
- Shvesiya bu safar mundialda ishtirok etadimi? termangiz bunga tayyor deb oylaysizmi?
- Buni faqat xudo biladi.
- To‘g‘ri, ammo menda bunday imkon yo‘q.
- Nega, axir siz hozir xudo bilan gaplashyapsiz.
"Men Daniyanining futboldagi faoliyatini tugatdim"
Yevro-2016 saralash bosqichi yakunlangach, Zlatan yana odatiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. "Muxlislar biz Daniyaga yutqazishimiz va men futbolchilik faoliyatimni yakunlashim haqida gapirayotgan edi. Ammo unday bo‘lmaydi. Men Daniyaning futboldagi faoliyatini tugatdim." deydi o‘sha o‘yinda saralashdan o‘tgan va matchda 2 gol urib uchrashuv qahramoni bo‘lgan Zlatan.
"Men Ferrariman, Gvardiola Fiat sotib olishi kerak"
Zlatan "Barselona" tarkibida o‘zini ko‘rsata olmagan va buning uchun asosiy aybdor sifatida Gvariolani ko‘radi. U bu voqeaga shunday izoh bergan. "Men Ferrari avtomobiliman va men yaxshi yurishim uchun menga eng yaxshi benzin quyish kerak va gazni oxirigacha bosish kerak. Ammo Gvardiola benzinning eng sifatsizidan foydalanadi va unga tez yurish muxim emas. U Ferrarini sotib olib xato qildi u Fiat sotib olishi kerak edi."
Mirjalol Pardaboyev maqolasi