Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza 0-1 Parma
08/12 22:00 Udineze 1-2 Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Surxondaryo va Buxoro viloyati hokimlari Bahodir Jalolov, Abdumalik Halokov va Saidjamshid Jafarovga uy sovg‘a qilishdi

Surxondaryo va Buxoro viloyati hokimlari Bahodir Jalolov, Abdumalik Halokov va Saidjamshid Jafarovga uy sovg‘a qilishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 1-14 may kunlari Toshkent shahrida tarixda ilk bor kattalar o‘rtasida jahon chempionati tashkil etildi.

Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz a’zolari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Sovrindorlarimizning muvaffaqiyatlari Respublikamizdagi mahalliy hokimlik rahbarlarini ham befarq qoldirmadi.

Shu munosabat bilan Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida charm qo‘lqop ustalarimizni tantanali taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, sportchilar va ularning murabbiylari, ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida hokim tomonidan JCH oltin medali sohibi Abdumalik Xalokov, shuningdek finalchi Saidjamshid Jafarovga Buxoro shahridan 2 xonali uy sovg‘a qilindi.

Shuningdek, joriy yil 17-26 yanvar kunlari Tailand davlatining Bangkok shahrida boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etib, oltin medal qo‘lga kiritgan Bekzod Hamidov, Farzona Fozilova va Sabina Boboqulova, bronza medaliga sazovor bo‘lgan Ziyoda Yarasheva ham muvaffaqiyatli ishtiroklari uchun munosib taqdirlanishdi.

Shuningdek tadbirda  viloyat hokimligi tomonidan Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasiga zamonaviiy “Isuzu” avtobusi kaliti tantanali ravishda topshirildi.

Bunday tadbirning yana biri Surxondaryo viloyati hokimligida ham bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Toshkentdagi jahon chempionatidagi erishilgan muvaffaqiyat bilan oltin medal sohibi Bahodir Jalolovni muborakbod etdi va munosib taqdirladi.

Tadbir davomida Bahodir Jalolovga Surxondaryo viloyatidan xonadon sovg‘a qilindi.



Bokschining kelajakdagi faoliyatiga, navbatdagi musobaqalarida muvaffaqiyatlar tilandi.

O‘z navbatida O‘zbekiston boks federasiyasi sportchilarimizga mana shunday g‘amxo‘rlik uchun Buxoro viloyati hokimligiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Zero, bunday e’tibor kelgusi yutuqlarga poydevor vazifasini bajaradi.

Kiritildi: 20:10, 08.06.2023.
O'qildi: 2194 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.