Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Neftchi» o‘rtoqlik o‘yinida «Paxtakor» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

«Neftchi» o‘rtoqlik o‘yinida «Paxtakor» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

«Neftchi» kecha "Paxtakor"ga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Unda Vitaliy Levchenko shogirdlari irodali g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida toshkentliklar tashkil etgan qarshi hujum oqibatida  R.Turdimurodov hisobni ochishga erishdi.

Lekin, ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik olib borgan Vitaliy Levchenko shogirdlari Toma Tabatadzening mahorati evaziga hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirishdi.

Farg‘onaliklar hujumlarni davom ettirib, birinchi bo‘lim oxiriga bir necha daqiqalar qolganda "Paxtakor" darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu vaziyatda Nurillo To‘xtasinov har galgidek o‘z uslubida chiroyli gol kiritib, "Neftchi"ni oldinga olib chiqdi.

"Neftchi" ikkinchi bo‘limda ham ancha faol va mazmunli o‘yin namoyish etishib, mezbonlarga gol kiritish uchun hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Yakunda esa amaldagi chempion ustidan irodali g‘alaba qo‘lga kiritildi.

Nazorat o‘yini
Toshkent shahar. 18 iyun. "Paxtakor" stadioni
"PAXTAKOR"-"NEFTCHI" - 1:2
"Paxtakor": 35.S.Quvvatov, 5.D.Tursunov, 10.D.CHeran, 12.S.Poyonov, 16.R.Turdimurodov, 17.D.Hamdamov, 28.D.Xolmatov, 30.SH.Rahmatullayev, 31.M.Usmonov, 40.D.Ortiqboyev, 90.J.Alijonov
"Neftchi": 45.Akbar To‘rayev, 7.Umar Adhamzoda, 8.Nurillo To‘xtasinov, 13.Lutfulla To‘rayev, 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Anvarjon G‘ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullayev, 22.Toma Tabatadze, 23.Diyorjon Turopov, 24.G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 26.Aleksey Larin
Gollar: R. Turdimurodov, 19'(1:0), T. Tabatadze, 28'(1:1), N.To‘xtasinov, 42'(1:2)

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 06:39, 19.06.2023.
O'qildi: 1907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик