Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu. Ular 35 yoshida nimalarga erishgan edi?

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu. Ular 35 yoshida nimalarga erishgan edi?

Baho:
+ | -

Lionel Messi tez orada o‘zining 36 yoshini nishonlaydi. Ko‘pchilik uni Ronaldu bilan taqqoslaydi. Ammo Ronaldu Messidan ikki yosh katta. Shu sababli Krishtianu Messidan ko‘ra, ko‘p ehtimol, avval faoliyatini tugatadi. Xo‘sh, ular ayni 35 yoshida nimalarga erishgan edi?

Messi 35 yoshida faoliyatidagi eng zo‘ra davrni boshidan o‘tkazdi. U Qatardagi Jahon chempionatida jamoasi bilan zafar quchdi. Shu sababli turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Endi esa, u yilning oxirida o‘tkaziladigan "Oltin to‘p" topshirish marosimida ham favorit nomga aylandi. O‘tgan mavsum mobaynida Argentina afsonasi 32 ta o‘yinda "PSJ" uchun 16 ta gol va shuncha assist qayd etgandi. Qolaversa, Messining jamoasi may oyida Fransiya chempionligini qaytadan qo‘lga kiritdi. Shuni ham aytish kerakki, Messi uchun mavsumning omadsiz payti ham bo‘ldi. Xususan, uning jamoasi YECHL pley-off bosqichining ilk to‘sig‘idan o‘ta olmay, "Bavariya"ga imkoniyatni boy bergandi.

Ronaldu 2020 yilning fevralida 35 yoshga kiradi. O‘shanda u "Yuventus" safida harakat qilayotgan edi. Turin klubi mavsumni ketma-ket to‘qqizinchi marta chempionlik bilan yakunlashga yaqin turgan bir paytda, Ronaldu xizmatga tayyor edi. 2019-20 yilgi mavsumda u 37 ta golga mualliflik qiladi (A seriyada 31 ta). Ko‘p gol urganiga qaramay, portugaliyalik hujumchi mavsumning to‘purarlik maqomini "Lasio" vakili Chiro Immobilega boy beradi. Navbatdagi mavsum "Keksa Sinyora" uchun omadsiz boshlanadi va shunday tugaydi. Klub 4 o‘rin bilan kifoyalanishga majbur bo‘ladi. Shunga qaramay, Ronaldu 29 ta gol bilan A seriyada tӯpururlik bobida yaqqol peshqadamlikka erishadi. Keyin koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzaga keldi. Yevropada futbol bir muddat to‘xtatiladi. Ronaldu esa 2021 yilning yozida "Manchester Yunayted"ga yo‘l oldi.

Quyida Messi va Ronalduning 35 yoshida qanday natijaga erishganiga e’tibor qaratamiz.

Lionel Messi (2022-23)
O‘yinlar: 54 ta
Maydonda: 4803 daqiqa
Gollar: 38 ta
Assistlar: 25 ta
Penaltidan gol: 4 ta
Xet-trik: 1 ta
Jarima zarbasidan gol: 4 ta
O‘rtacha: har 126.4 daqiqada bitta gol

Sovrinlar: Jahon chempionligi, 2022-23 yilgi Fransiya chempionligi, Chempionlar sovrini.

Krishtianu Ronaldu (2019-2020)
O‘yinlar: 48 ta
Maydonda: 4083 daqiqa
Gollar: 40 ta
Assistlar: 8 ta
Penaltidan gol: 14 ta
Xet-triklar: 0 ta
Jariba zarbasidan gol: 2 ta
O‘rtacha: har 102.1 daqiqada bitta gol

Sovrinlar: 2019-2020 yilgi Italiya chempionligi, 2020 yilgi Italiya kubogi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 14:14, 20.06.2023.
O'qildi: 6479 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.