Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"MYU" Mauntning transferini bugun yakunlaydi

"MYU" Mauntning transferini bugun yakunlaydi

Baho:
+ | -

Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Meyson Mauntning "Chelsi"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tishi bugun yakunlanadi.

Avvaliga futbolchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan, shundan so‘ng tomonlar yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2027/28 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolaydi. O‘z tarbiyalanuvchisi uchun "Chelsi" 55 million yevro oladi. "Manchester Yunayted" kelasi besh yil ichida sovrinlarni qo‘lga kiritsa, londonliklar yana 5 million olishlari mumkin.

Maunt "Chelsi"ning asosiy jamoasida deyarli to‘rt yil o‘ynadi. Meyson Premyer-ligadagi debyutini 2019 yil 12 avgust kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazgandi. O‘shanda "Chelsi" o‘z maydonida 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Hammasi bo‘lib Maunt o‘z jamoasi uchun barcha musobaqalarda 195 ta o‘yin o‘tkazib, 33 ta gol va 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 13:35, 03.07.2023.
O'qildi: 1803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик