Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Vladimir Bubanya: "Xushchaqchaq futbolchi balki men bo‘lishim mumkin, jiddiysi esa..."

Vladimir Bubanya: "Xushchaqchaq futbolchi balki men bo‘lishim mumkin, jiddiysi esa..."

Baho:
+ | -

Tojikistonda yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan “Andijon” jamoasi safiga jarohatdan qaytgan futbolchilar haqida ham ma’lumot berilgandi.

Jumladan, serbiyalik tajribali himoyachi Vladimir Bubanya jarohati bois birinchi davrani to‘liq o‘tkaza olgani yo‘q. Lekin endilikda u yana tarkibga qaytdi va ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi.

Quyida serbiyalik legioner bilan suhbatni o‘qishingiz mumkin.

- Jarohat sababli birinchi davrani to‘liq o‘tkaza olmadingiz. Ammo ko‘rib turibmizki, siz yana jamoangizga qaytdingiz va ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettiryapsiz. Barchasi ortda qoldimi? O‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Ha, men OKMK jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgandim. Natijada birinchi davraning bir qator turlarida o‘ynay olmadim. Xudoga shukrki, hozir jarohatimdan qutulib, yana mashg‘ulotlarni boshladim. Davolanishni o‘tkazdim, endi jamoam bilan birgaman.

- Jarohatdan forig‘ bo‘lib, yana avvalgi sport formaga qaytish oson bo‘lmasa kerak-a?

- Qiyin bo‘lishini bilaman. Lekin harakat qilyapman. Hozirgi kunda o‘z ustimda ishlab, faqat shug‘ullanishim kerakligini tushunib turibman.

- “Andijon”ning birinchi davrani 6-o‘rinda tugatishini kutganmidingiz? Umuman olganda, buni qanday baholagan bo‘lardingiz?

- Shunday o‘yinlar bo‘lganki, biz omadsiz ravishda mag‘lubiyatga uchraganmiz. Ha, men bilaman, bizga og‘ir bo‘lganligini. Shuni aytmoqchimanki, men qo‘limdan kelganicha jamoam uchun harakat qilganman va bundan keyin ham bor kuchim bilan o‘ynashga tayyorman.

- Siz uchun chempionatimizdagi eng xavfli hujumchi kim?

- Xebay bilan Cheran. Ular buni o‘z gollari bilan ko‘rsatishmoqda.

- Umuman aytganda, jamoadoshingiz Rubin Xebay haqida so‘ramoqchiman. To‘purar hujumchi sizni yana nimasi bilan hayron qoldiryapti?

- Birinchi navbatda Rubinni ajoyib insonligini va shu bilan birga zo‘r futbolchi sifatida aytib o‘tishim mumkin. U O‘zbekiston chempionatidagi debyut mavsumini juda yaxshi boshlay olganidan xursandman.

- Ayting-chi, “Andijon” tarkibidagi eng quvnoq va jiddiy futbolchi kim?

- Xushchaqchaq futbolchi balki men bo‘lishim mumkin, jiddiysi esa Shahboz Erkinov.

- “Andijon”ning birinchi davradagi ishtirokidan so‘ng endi ikkinchi davrada ham potensialini yuqori baholayaptilar...

- Biz o‘z o‘yinimizni yanada kuchaytirishga harakat qilamiz.

- Chempionatni Qarshida “Nasaf” ustidan g‘alaba bilan boshlagandinglar. Endi 28 iyul kuni yana ushbu jamoa bilan o‘ynaysizlar. Jamoa o‘sha yoqimli g‘alabani takrorlashga qodirmi?

- Ha, biz birinchi uchrashuvda safarda “Nasaf”ni yutib kelganmiz. Xudo xohlasa, yana shunday natijani takrorlashga harakat qilamiz.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 17:48, 11.07.2023.
O'qildi: 1214 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.