Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Liga 1 kuchli beshlikdan tushib qolganiga qaramay, stadionlarda intrigalarni oshirdi

Liga 1 kuchli beshlikdan tushib qolganiga qaramay, stadionlarda intrigalarni oshirdi

Baho:
+ | -

2022-23-yilgi mavsumning yakuniga yetgan 38 turi davomida hisob-kitoblarga ko‘ra birinchi marta stadionlarga to‘qqiz milliondan ziyod tomoshabin tashrif buyurdi. Bu shu paytgacha bo‘lgan rekordni yangiladi. Mana, raqamlar bilan tanishing. 2022/23 mavsumda o‘tkazilgan 38-tur o‘yinlari davomida Fransiya bo‘ylab stadionlarga 9,05 million tomoshabin tashrif buyurdi. Bu 2021-22-yilgi mavsumdagiga nisbatan 16%ga ko‘p.

Quyida bu boradagi eng yaxshi besh mavsumni kuzating:

2022-2023 yillar: 9 047 612
2018-2019 yillar: 8 676 419
2017-2018 yillar: 8 558 928
2014-2015 yillar: 8 453 000
2006-2007 yillar: 8 290 346

Bu raqamlar Liga 1 tribunalarda o‘z o‘rnini egallashda davom etayotganini tasdiqlaydi. Har bir o‘yinga o‘rtacha hisobda 23 810 tomoshabin tashrif buyurdi, bu raqamlar ham liga tarixidagi eng yuqori tomoshabin sig‘imini anglatadi.

Bitta tur davomida stadionlardagi eng ko‘p tomoshabinlar soni 37-turda qayd etilgan bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkich 313 506 nafarni tashkil qilgan.

Klublarga kelsak, 2022-23 yilgi mavsumda Liga 1'ning 20 ta jamoasidan 19 tasida o‘tgan mavsumga nisbatan o‘rtacha tomoshabinlar soni ko‘paygan. "Marsel" esa uyinlarga o‘rtacha tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha eng yuqori miqdorga ega klub bo‘lib qolmoqda (62 716), marselliklar bu borada "PSJ" (47 418) va "Olimpik Lion"ni (46 701) ortda qoldirdi.

Sakkizta yirik klubda har bir o‘yinga o‘rtacha 25 000 dan ortiq tomoshabin tashrifi bo‘yicha Liga 1 stadionlari sig‘im darajasi rekordi 81 foizga ko‘tarildi. 

Ochkolarning katta o‘sishini "Oser" (+41%), "Ayachcho" (+36%) hamda "Tuluza" (+33%) qayd etdi, ochkolarning eng katta o‘sishiga "Nant" (+21 balldan 84%ga) va "Loryan" erishgan (89%).

Intriga 

26 fevral kuni "Velodrom"da 65 894 tomoshabin to‘plandi. "Marsel" va "PSJ" o‘rtasidagi klassik uchrashuv 2022-23 yilgi mavsumda tomoshabinlar soni bo‘yicha rekordga sababchi bo‘ldi. Mavsumning birinchi "klasiko"si uchun ham Parijda o‘sha paytdagi rekord o‘rnatilgan (47 926 tomoshabin). 2022-23 Liga 1'da "Velodrom" mavsum davomida eng ko‘p tomoshabinlarni to‘plashda yordam berdi.

Mehmonlar sonining ko‘payishi

Nihoyat, Liga 1 mehmon bo‘limlariga tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha ham o‘tgan mavsumda rekordlarni yangiladi. Bu bo‘limlar jami 125 207 muxlisni qabul qildi (358 o‘yin davomida). Bu 2021-22 yilgi mavsumga nisbatan 53 foizga o‘sdi, o‘rtacha 350 nafar mehmon muxlisi uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib borishiga to‘g‘ri keldi. Bir qancha klublar o‘zlarining mehmondagi o‘yinlardagi muxlislari sonining o‘rtacha 100% dan ko‘proqqa oshganini ko‘rishgan, jumladan "Reyms" (+301%), "Tuluza" (+146%) va "Oser" (+119%). O‘nta klub mavsumni deyarli barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2021-22 yilgi mavsumdagidan yuqori ballar bilan yakunladi.

Shunga qaramay Liga kuchli beshlikdagi reytingini pasaytirib yubordi. Bunga "PSJ"ni Messi tark etgani, Mbappe hamda Neymarning ham o‘rni abadiy bo‘lib qolmagani sabab bo‘ldi. Biroq fransuz muxlislari o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. 

Kiritildi: 18:08, 16.07.2023.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.