Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Uimbldon finalida 20 yoshli Karlos Alkaras Novak Jokovichni mag‘lub etdi (videosharh)

Uimbldon finalida 20 yoshli Karlos Alkaras Novak Jokovichni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi Uimbldon musobaqasining final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Amaldagi chempion Novak Jokovich finalda ispaniyalik Karlos Alkarasga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 1:6, 7:6(6), 6:1, 3:6, 6:4. O‘yin 4 soat-u 43 daqiqa davom etdi.

Shu tariqa, 20 yoshli Alkaras o‘z faoliyatida ikkinchi bor “Ulkan toj”da g‘alaba qozondi va dunyoning birinchi raketkasi sifatida qoldi. U US Open — 2022 chempioni hisoblanadi.

Shuningdek, Karlos Uimbldon finalida 2003 yildan buyon chempionga aylangan kuchli to‘rtlik vakili bo‘lmagan ilk tennischiga aylandi. So‘nggi 20 yil ichida Uimbldon turnirini faqat 4 tennischi yutib kelayotgandi. Ular:

Rojer Federer (2003-2007, 2009, 2012, 2017);
Rafael Nadal (2008, 2010)
Novak Jokovich (2011, 2014-2015, 2018-2019, 2021-2022);
Endi Marrey (2013, 2016).

Uimbldon, Final
Karlos Alkaras (Ispaniya) — Novak Jokovich (Serbiya) 1:6, 7:6(6), 6:1, 3:6, 6:4.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:31, 17.07.2023.
O'qildi: 2504 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик