Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Maksim Shaskix: «Tez orada turk klublari bilan memorandum imzolaymiz»

Maksim Shaskix: «Tez orada turk klublari bilan memorandum imzolaymiz»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shaskix "Qayrat"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi (1:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bizni juda iliq kutib olishgani, barcha qulay sharoitlar muhayyo etilgani uchun mezbonlarga rahmat aytaman.

Barchasi biz kutgandek bo‘ldi. O‘yin har ikki jamoa hujumlari bilan kechdi. Muxlislarga yoqadigan futbol bo‘ldi. Biz bahs oxirida to‘p kiritib, g‘alaba qozondik. Hozir biz ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Yakshanba kuni Toshkentda Tojikiston chempioni "Istiqlol" bilan maydonga tushamiz.

Tarkibning bir guruhi uch kun oldin nazorat bahsida o‘ynagandi. Bugun ikkinchi guruhning navbati keldi.

Tez orada turk klublari bilan memorandum imzolaymiz, turli sohalarda tajriba almashamiz. Futbolchilar o‘tishlari amalga oshishi mumkin. Klub va rahbariyat turk jamoalari bilan iliq munosabatda.

Uchrashuvda ba’zi kamchiliklarni ham ko‘rib oldik. O‘yinchilar so‘nggi 10 kunda yuqori yuklamalar olishdi. Bugun hech kim almashtirilishini so‘ramadi. Demak, ularning jismoniy holati bunga dosh berdi. Hozirlikni rejadagidek davom ettiramiz.

"Qayrat" bilan har yili o‘ynashni an’anaga aylantirishdan xursand bo‘lardik. Ishqibozlar uchun bellashuv katta bayram bo‘ldi. Buni saqlab qolish yaxshi", — dedi Shaskix.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:55, 19.07.2023.
O'qildi: 2852 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик