Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Toma Tabatadze: «Bo‘lajak bahsning ahamiyati har ikki jamoa uchun katta»

Toma Tabatadze: «Bo‘lajak bahsning ahamiyati har ikki jamoa uchun katta»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning gruziyalik 31 yoshli tajribali hujumchisi Toma Tabatadze bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bejizga bo‘lajak bahs “Yil o‘yini” deya ta’riflanmayapti. Boisi, har ikki jamoa joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan va ayni paytda “Navbahor” turnir peshqadami bo‘lsa, “Paxtakor” amaldagi chempion.

Bundan tashqari, o‘tgan turdagi uchrashuvda har ikki jamoa ham muhim ochkolarni yo‘qotdi. Biz Bekoboddagi o‘yinning hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtida o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqargan bo‘lsak, “sherlar” o‘z maydonida “Neftchi”dan mag‘lubiyatga uchradi. Shu bois, bo‘lajak bahsning ahamiyati har ikki jamoa uchun katta.

Ta’kidlaganimdek, o‘tgan turda muxlislarni ranjitib qo‘ygandik. “Paxtakor”ga qarshi kechadigan bahsda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, zafar quchib, ishqibozlarga quvonch ulashamiz, degan umiddaman.

Bo‘lajak o‘yindagi g‘alaba sovrinli o‘rinlar uchun kurash yo‘lidagi raqobatchilarimizdan ochkolar bo‘yicha o‘zib ketib,  peshqadamlik mavqemizni yanada mustahkamlashga yordam beradi.         

Umuman olganda, mazkur bahsning keskin kurashlar ostida, shiddatli, tomoshabop va qiziqarli tarzda kechishi ehtimoli yuqori.

Muxlislarimizning  stadiondan uylariga yaxshi kayfiyatda qaytishlarini ta’minlash uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

“Navbahor” joriy mavsumda o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan.

Buni amalga oshirish uchun esa biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz", — dedi gruziyalik legioner futbolchi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:40, 08.08.2023.
O'qildi: 2380 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик