Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simeone Saudiyadan kelgan taklifni nega rad etdi?

Simeone Saudiyadan kelgan taklifni nega rad etdi?

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Saudiya Arabistoniga nega o‘tmagani haqida fikr bildirdi.

O‘tgan oy paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Al-Ahli" argentinalik mutaxassisga katta maosh taklif qilgan, ammo u "Atletiko"da qolishni ma’qul ko‘rgan.

“Saudiya Arabistonidan kelgan taklif meni ikkilanishga majbur qildimi? Yo‘q. To‘g‘risi, hozirgi holatimdan xursandman. "Atletiko"da ishlaganimdan juda xursandman, hammasi menga mos keladi. Saudiya klubi taklifni yaxshilaganida ham menda hech qanday shubha yo‘q bo‘lardi", - dedi "matraschilar" bosh murabbiyi.

Diyego Simeonening "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.

Kiritildi: 04:46, 10.08.2023.
O'qildi: 796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик