Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superligada yil o‘yini: «Navbahor» - «Paxtakor»

Superligada yil o‘yini: «Navbahor» - «Paxtakor»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bu yil chempionatimiz o‘tgan yilgidan-da shiddatli va kurashlarga boy jangovar ruhda davom etmoqda. Sababi quyi o‘rinlardagi jamoalar ham chempionlikka kurashayotgan klublardan qo‘rqmasdan yetarlicha jang taklif qilishayotgani…

Buning natijasi o‘laroq, chempionlik intrigasi shiddatli tarzda davom etmoqda. Buni turnir jadvalini ko‘rgan har qanday odam bilib olishi mumkin. Bugun esa bizni yil o‘yini kutib turibdi.
 
"Navbahor" muxlislari qarshisida asosiy raqiblaridan biri bo‘lmish "Paxtakor"ni qabul qiladi. Birinchi davrada poytaxtliklarga mag‘lub bo‘lgannini hisobga olsak, bugun jamoa nafaqat revansh olish uchun maydonga chiqadi, balki chempionlik poygasida sherlardan 5 ochko farq bilan o‘zib ketishi mumkin. Bu esa OCHL saralash o‘yinlari oldidan “Navbahor” muxlislarini bir oz bo‘lsada xotirjam qilishi aniq.
 
“Qo‘rqinchli avgust” oyini boshidan o‘tkazayotgan "Paxtakor" O‘zbekiston kubogida "Dinamo" tomonidan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, o‘tgan turda asosiy raqiblaridan biri "Neftchi"ga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu esa jamoa bugungi uchrashuvga alamzada holda yetib kelganini anglatadi.

Maksim Shaskix shogirdlari chempionlik uchun kurashda karvonboshi bo‘lib olishi uchun bugun Namanganda lochinlarni mag‘lub etishi kerak, axir hali oldinda "Nasaf" ham kutib turibdi.
 
Xullas, bugungi uchrashuvni bemalol final uchrashuvlariga tenglashtirish mumkin. Olti ochkolik o‘yinda xar ikki jamoa bor kuchini maydonga tashlab chiqsagina ega chiqadi.

Bugun maydonni har bir qarich yeri uchun kurash bo‘ladi, sababi bunday o‘yinlarda kam xato qilgan va kichik imkoniyatdan foydalangan jamoa g‘alaba qozonadi.

Bu esa Namanganda o‘tgan so‘nggi besh superliga bellashuvi natijalari:
 
2022 "Navbahor" — "Paxtakor" 1:1
2021 "Navbahor" — "Paxtakor" 1:2
2020 "Navbahor" — "Paxtakor" 1:1
2019 "Navbahor" — "Paxtakor" 0:1
2018 "Navbaho"r — "Paxtakor" 3:3
 
“Navbahor” uyida besh o‘yindir-ki g‘alaba qozona olmayabdi.

Gapirsa, gap ko‘p. Keling, yaxshisi bugun soat 20:00 da barchasiga javobni jonli ravishda “Sport tv” orqali bilib olamiz.

O‘tkazib yubormang, sharhida kamina va Orif Tolipov.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 16:01, 10.08.2023.
O'qildi: 1787 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик