Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

"Real"ning yangi yetakchisi Vinisiusning "garaj"iga sayohat

"Real"ning yangi yetakchisi Vinisiusning "garaj"iga sayohat

Baho:
+ | -

Vinisiusning jahon futboli cho‘qqisiga ko‘tarilishi sekin-asta bo‘lmoqda. "Real Madrid" futbolchisi o‘zining dastlabki uch yilida Ispaniya poytaxtidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tdi va so‘nggi ikki mavsumda "qaymoqranglilar" hujum mashinasining eng muhim qismiga aylandi.

Natijada, 23 yoshli futbolchi maoshi oshirilgan shartnomaga ega bo‘ladi, bu esa uni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantiradi.

Vini klub tomonidan unga sovg‘a qilingan homiylik mashinalarini tanlash huquqiga ega. Keling, braziliyalik yulduzning "garaj"ida nimalar borligini ko‘ramiz.

BMW i4 M50 | 80 000 yevro

BMW i4 M50 kompaniyaning birinchi to‘liq elektr premium avtomobilidir. "Real Madrid" BMW bilan hamkorlik qilib, barcha asosiy jamoa o‘yinchilari, xodimlari va murabbiylarini o‘zlari tanlagan avtomobillar bilan ta’minlash imokniga ega. Vini M50'ni tanladi. Maksimal quvvati 536 ot kuchiga ega. BMW i4 M50 0 dan 100 km/soat tezlikka atigi 3,7 soniyada erisha oladi va maksimal tezligi 210 km/soatni tashkil qiladi.

Audi A7 Sportback 50 TDI quattro | 81 000 yevro

"Real Madrid"ning Audi bilan avvalgi 18 yillik hamkorligi tufayli Vini bir nechta yuqori darajadagi Audi avtomobillariga egalik qiladi, ulardan biri Audi A7 Sportback 50 TDI quattro. 81 000 yevroga baholangan ushbu sedan turi Audi'ning ajoyib sport ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassam etgan. U olti soniyadan kamroq vaqt ichida 0 dan 100 km/soat tezlikka erisha oladi va 335 ot kuchiga ega V6 dvigateli bilan jihozlangan.

Audi Q8 50 TDI quattro | 88 000 yevro

Vini kolleksiyasidagi yana bir mashina Audi Q8. Avtomobilga 100 km/soat tezlikka erishish uchun bor-yo‘g‘i 7,1 soniya kerak bo‘ladi, bu uning ajoyib 286 ot kuchiga ega 3,0 TDI dvigatelidan dalolat beradi. Uning maksimal tezligi 233 km/soat (145 mil).

Kiritildi: 17:31, 11.08.2023.
O'qildi: 4228 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.