Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Timur Kapadze: «OKMK ikkinchi raqam ostida o‘ynadi»

Timur Kapadze: «OKMK ikkinchi raqam ostida o‘ynadi»

Baho:
+ | -

Superliga 16-turidan o‘rin olgan OKMK – «Olimpik» (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“OKMKni g‘alab bilan tabriklayman. Olmaliqliklarga xalqaro maydonda omad tilayman. Ikkala jamoa ham bugun yaxshi harakat qildi. Imkoniyatlarimiz bo‘ldi, nafaqat durang, balki, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Jamoalar natija uchun to‘p tepishdi. OKMK o‘z imkoniyalarini golga aylantirdi, biz esa yo‘q. Olmaliqliklar bugun maydonda ko‘proq ikkinchi raqam ostida o‘ynashdi. Qarshi hujumlarda bizni jazolashga harakat qildi. O‘ylashimcha, bugungi bahs ikkala murabbiy uchun ham foydali bo‘ldi.

Futbolchilar hali yosh. Ularning ruhiyatida pasayish bo‘lishi mumkin. Yigitlarning o‘zi g‘alaba qozonishni istayapti. Balki mening bosimim ham o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgandir. O‘yin jihatdan g‘alabaga erishsak bo‘lar edi, bugun ham, oldingi bahslarda ham. Umuman olganda, bunday uchrashuvlarda foydali jihatlar ko‘rinmoqda va ular ustida ish olib boryapmiz.

OTJ uchun Superliga bahslari qurbonlik qilinmayaptimi? Yo‘q, unday emas. OTJ tarkibida boshqa klub futbolchilari ham bor va eng kuchlilar yig‘iladi. Birinchi davrada o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan futbolchilarni jamoamizga jalb qildik. Kim yaxshi formada bo‘lsa, termaga chaqiriladi. «Olimpik» va OTJ doim o‘zaro aloqada. Xorijda 5 futbolchimiz to‘p tepyapti. Bundan tashqari, qolgan klublar safida o‘ynayotganlar ham bor. Ularning ko‘pligi meni xursand qiladi. Oldimizda muhim o‘yinlar kutib turibdi. Barchaning jismoniy holatiga qarab, termaga chaqiramiz”, – dedi Kapadze.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:55, 11.08.2023.
O'qildi: 1150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.