Roberto Firmino "Al-Ahli" safidagi ilk o‘yinda uchta gol urdi.
Braziliyalik hujumchi “Al-Ahli” safida Saudiya Arabistoni chempionatining 1-turi doirasida “Al-Xazem”ga qarshi o‘yinda (3:1, ikkinchi bo‘lim) xet-trik qayd etdi.
Roberto Firmino uch daqiqa ichida dubl qayd etib, o‘yinning 7 va 10-daqiqalarida gol urdi va 72-daqiqada xet-trik qayd etib, uchrashuvdagi uchinchi golga mualliflik qildi.
Firminoning ikkinchi goliga Riyod Maxrez golli pas berdi. "Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi o‘yinning 66-daqiqasida almashtirildi.
Qo‘shimcha qilamizki, "Al-Ahli"ning asosiy tarkibida darvozabon Eduard Mendi, himoyachi Rojer Ibanyes, yarim himoyachi Frank Kessie va vinger Allan Sen-Maksimen ham maydonga tushgan.













