Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jamshid Saidov: "Superligada kuchsiz jamoa qolmadi"

Jamshid Saidov: "Superligada kuchsiz jamoa qolmadi"

Baho:
+ | -

Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qizilqum” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Barcha uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Boisi, turnir jadvalidagi o‘rnimiz kishini xursand qilmaydi. Yigitlarga xarakter uchun rahmat aytmoqchiman. “Nasaf” o‘z maydonida bosim qilishini yaxshi bilar edik. Natijadan ko‘nglim to‘ldi. Qo‘lga kiritilgan har bir ochko oltinga teng.

Rahmatov va Kenjaboyev ishonchni oqlayaptimi? Ular maydonga tushishmoqdami, demak ha! Ularda poydevor bor.

Bu mavsumdagi natijalarga pulning aloqasi yo‘q. Ligada kuchsiz jamoa qolmadi. Turnir jadvalining yuqorisida ham, quyisida ham kurash kechmoqda. Shu sababli biz hozir shunday ahvolga tushib qoldik. Har bir bahsni huddi so‘nggi o‘yindek o‘tkazyapmiz. Jamoa ligani tark etmasligi uchun oxirigacha kurashamiz”, – dedi Saidov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 01:49, 20.08.2023.
O'qildi: 981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик