Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Superliga. «Metallurg» – «So‘g‘diyona». Prevyu

Superliga. «Metallurg» – «So‘g‘diyona». Prevyu

Baho:
+ | -

“Metallurg” va “So‘g‘diyona” jamoalari bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 43 ta o‘yin o‘tkazgan: 18 ta uchrashuvda jizzaxliklar, 16 tasida bekobodliklar zafar quchgan. 9 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 60:55, “So‘g‘diyona” foydasiga.

Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. “So‘g‘diyona” 2001 yilda o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4.

Ushbu jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan o‘yinlar nisbati “Metallurg” foydasiga: 13 g‘alaba, 3 durang, 5 mag‘lubiyat, to‘plar farqi – 31:21.

Bekoboddagi so‘nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:

18.09.2022 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:1
05.05.2021 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:2
12.07.2020 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:0
18.10.2019 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:1
21.04.2018 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:0

"So‘g‘diyona" haqida
“So‘g‘diyona” futbol klubiga 1970 yilda asos solingan. Jamoa 1990 yilgacha DSK, “Mehnat”, “Jizzax”, “Irrigator”, “Bo‘ston”, “Zvezda”, “Yoshlik” nomlari ostida musobaqalarda qatnashib kelgan. 1990 yildan “So‘g‘diyona” nomini olgan jamoa ikki marta sovrindor bo‘lgan: 1992 yil – bronza medali, 2020 yil – kumush medal. To‘rt marta jamoa kuchlilar safini tark etgan. Jamoaning bitta mavsumda eng ko‘p gol kiritgan o‘yinchisi Aleksey Jdanov – 18 ta gol (1998).

2022 yilda “So‘g‘diyona” birinchi marta xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini himoya etdi. OFK kubogida jizzaxliklar mintaqaviy finalga chiqishdi.

“So‘g‘diyona” kuchlilar safida bugungacha 813 ta uchrashuv o‘tkazgan: 280 ta g‘alaba, 165 ta durang, 368 ta mag‘lubiyat. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbati: 1022:1285. Jamoaning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik g‘alabasi – 10:0 (1992 yil –“Surxon”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 1:8 (2000 – “Do‘stlik”), 0:7 (1996 – “Navbahor”, 2009 – “Neftchi”, 2015 – “Lokomotiv”).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 15:57, 29.08.2023.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.