Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Gallas: "Arsenal" Xaversni sotib olib xato qildi"

Gallas: "Arsenal" Xaversni sotib olib xato qildi"

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning sobiq himoyachisi Uilyam Gallas o‘tgan yozda "Chelsi"dan "kanonirlar" safiga 75 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan Kay Xaversni sotib olishning maqsadga muvofiqligiga shubha qildi.

"Ayni damda Xavers unchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti. U "Arsenal"ga o‘tganida hayron bo‘ldim. Klub boshqa bir futbolchini sotib olishi mumkin edi. Kayga maydonda o‘ziga mos pozisiya topish juda qiyin. "Arsenal"ning o‘yin uslubi "Chelsi"niki emas, shuning uchun Xaversga hozir qiyin. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Kay "Arsenal"da muvaffaqiyat qozona olmaydi deb o‘ylamayman", - dedi Gallas Football Tweet bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Gallas o‘z faoliyatida "Arsenal"dan tashqari "Chelsi" va "Tottenxem"da ham o‘ynagan.

Kiritildi: 13:46, 06.09.2023.
O'qildi: 1476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик