JCH-2026 saralashining ochilish o‘yinida Argentina terma jamoasi Lionel Messining jarima zarbasi evaziga Ekvadorni mag‘lub etdi (1:0).
Uchrashuv yakunida Leo almashtirildi. «Albiseleste» bosh murabbiyi Lionel Skaloni o‘z qaroriga izoh berdi.
«U nimanidir his qilgani uchun mendan almashtirishni so‘radi. Aks holda uni maydondan olib tashlamagan bo‘lardim.
U juma kuni tekshiruvdan o‘tadi. Keling, vaziyatni kuzatamiz. Agar hammasi joyida bo‘lsa, Leo Boliviyaga qarshi o‘ynaydi», - dedi Skaloni jurnalistlarga.