Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Yamal Ispaniya terma jamoasiga ilk chaqiruvidayoq 3 ta rekordni urib qaytmoqda

Yamal Ispaniya terma jamoasiga ilk chaqiruvidayoq 3 ta rekordni urib qaytmoqda

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi Yevro-2024 saralashida Kiprni mag‘lub etdi (6:0). "Barselona" vingeri Lamin Yamal ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi va yangi rekord o‘rnatdi. 16 yoshli bolakay terma jamoa uchun ikkita o‘yinda uchta ajoyib muvaffaqiyatga erishdi!

Eng yosh gol muallifi

Gruziyaga qarshi o‘yinda Lamin 16 yoshu 57 kunligida Ispaniya terma jamoasi safida gol urgan eng yosh muallifga aylandi. Avvalgi rekord 17 yoshu 304 kunda ilk golini urgan Gaviga tegishli edi.

Eng yosh debyutant

Xuddi shu Gruziya bilan o‘yinda Yamal Ispaniya terma jamoasining eng yosh debyutantiga aylandi. Ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida maydonga tushib, Lamin Gavining (17 yoshu 62 kun) rekordini yangiladi.

Asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh futbolchi

16 yoshu 62 kunligida Yamal "qizil furiya" safida Kipr bilan o‘yinda asosiy tarkibga kirdi va yana bir rekordni yangiladi. U 17 yoshu 62 kunligida Ispaniya terma jamoasida asosiy tarkibda maydonga tushgan Gavining rekordini o‘zining nomiga o‘zgartirib qo‘ydi.

Kiritildi: 20:16, 13.09.2023.
O'qildi: 6417 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик