Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Messi va uning rafiqasi Mayamidan 9 million yevrolik koshona xarid qildi

Messi va uning rafiqasi Mayamidan 9 million yevrolik koshona xarid qildi

Baho:
+ | -

Lionel Messi va uning turmush o‘rtog‘i Antonella Rokkusso Mayami shahrining Fort Launderdeyl mavzeyidan 8.6 million funtlik uy sotib oldi. Argentinalik superyulduz yozda "Inter Mayami" klubiga ko‘chib o‘tgandi. 36 yoshli futbolchi Mayami shahrida hozirga qadar qiymati 15 million funtga teng ko‘chmas mulk sotib olishga ulgurdi. Messi u yerdagi uylar sonini ko‘paytirish harakatida. Yaqindagina u juda katta koshona xaridini amalga oshirdi. Sotuvchi va Messi o‘rtasidagi kelishuv o‘tgan dushanba kuni imzolangan.

Forbes bergan ma’lumotga ko‘ra, Messining yangi uyi 10 500 kvadrat fut joyni egallaydi. U sakkizta yotoqxona, to‘qqizta dush, uchta garaj va basseynni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, uyda spa, fitness zal hamda ikkita qayiq ham bor. Negaki, uy oldida suv havzasi mavjud. Eng muhimi uning joylashuvi "Inter Mayami"ning uy stadioniga juda yaqin. Messi nomidan koshona xaridini uning yaqin ishchilari bo‘lgan Samyuyel va Donna Shimpkinlar amalga oshirgan. Negaki, Messi u paytda Argentina termasi bilan safarda edi.

Lionel Messining uchta o‘g‘li bor. Endi u 35 yoshli xotini Antonella va farzandlari bilan yangi uyida istiqomat qiladi. Ushbu uyning yillik soliq to‘lovi 67 ming funtni tashkil etishi aytilgan. Ko‘chmas mulkning ichi xuddi tashqarisi kabi o‘ta ajoyib. Devorlar o‘ziga xos bezatilgan bo‘lib, ulardan biriga echkining rasmi tushirilgan. Bu esa Messining barcha davrlarning eng yaxshisi ekanini anglatadi. Xonalarga tabiiy yorug‘lik yaxshi tushadi. Ushbu xonadan joylashgan hududda bundan ikki yil oldin rekord darajada qimmat uy sotib olingan. Uni taniqli model Patrik Bet 16.31 million funtga xarid qilgan.

Janubiy Floridaning eng qimmat hududdi, endilikda kamida yana ikki yil Messi va oilasiga makon bo‘ladi. U "Inter Mayami" bilan 2025 yilga qadar bitim imzolagan. "Barselona" afsonasining maoshi yiliga 40-48 million funtni tashkil etadi. Uning ko‘chmas mulklari soni oshib bormoqda. Eng so‘nggisi esa, shubhasiz san’at asaridir.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:57, 17.09.2023.
O'qildi: 2817 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик