Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Ravshan Ermatov: "Futzal terma jamoasi uchun o‘ttizdan ortiq murabbiylar bilan muzokara olib borildi"

Ravshan Ermatov: "Futzal terma jamoasi uchun o‘ttizdan ortiq murabbiylar bilan muzokara olib borildi"

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanishi munosabat bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanni O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov ochib berdi.

"Jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Terma jamoaga murabbiy tanlash juda murakkab, 30 dan ortiq nomzodlar bilan muzokaralar o‘tkazildi. Dunyoning 5 karta eng yaxshi murabbiyi Xose Venansio Lopes nomzodida to‘xtaldik.

Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun Andijonda yangi arena barpo etiladi, mashg‘ulot zallariga ham ega bo‘lamiz. Jahon chempionati tufayli futzal infrastrukturamizni Jahon standartlariga moslashtiramiz.

Jahon chempionatida ishtirok etishimiz aniq, biroq Osiyo kubogida eng yuqori maqsadni ko‘zlaganmiz. Shartnoma Jahon chempionati oxiriga qadar imzolandi. O‘ylaymizki, mundialda munosib qatnashamiz.

Terma jamoalar markazida futzal uchun ham sharoit yaratiladi. Barcha milliy terma jamoalarimizni birgalikda rivojlantiramiz" - dedi Ermatov.

Kiritildi: 17:07, 20.09.2023.
O'qildi: 1606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик