Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

YECHL. “Real” Berlin jamoasini so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lub etdi (video)

YECHL. “Real” Berlin jamoasini so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lub etdi (video)

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turida “Real” va “Union Berlin” jamoalari 20 sentyabr, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvda madridliklar ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, 90 daqiqa davomida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Biroq, hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Jud Bellingem gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Karlo Anchelotti jamoasi musobaqani minimal hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.

“Galatasaroy” esa “Kopengagen”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Turkiya jamoasi 0:2 hisobini so‘nggi daqiqalarda yo‘qqa chiqara oldi.

YECHL, 1-tur
20 sentyabr, chorshanba
“Real” (Ispaniya) – “Union Berlin” (Germaniya) 1:0
Gol: Jud Bellingem (90+4)
“Real Madrid”: Arrisabalaga, Nacho (Fran Garsiya, 73), Ryudiger, Alaba, Modrich (Braim Dias, 81), Tchuameni (Valverde, 66), Kamavinga (Kroos, 66), Bellinghem, Vaskes, Rodrigo, Xoselu.
“Union Berlin”: Rennov, Yuranovich, Bonuchchi (Ekkel, 80), Diogu Leyte, Duki, Gozens, Kral, Tuzar (Kemlyayn, 83), Laiduni (Aaronson, 66), Bekker (Fofana, 80), Berens (Folland, 66).
Ogohlantirishlar: Tuzar (1), Tchuameni (37).



“Galatasaroy” (Turkiya) – “Kopengagen” (Daniya) 2:2

Gollar: 0:1 – 35 Elyunussi, 0:2 – 58 Diogu Gonsalvesh, 1:2 – 86 Boe, 2:2 — 88 Tete.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 02:02, 21.09.2023.
O'qildi: 4370 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик