Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Xomyakov: "Berdiyev sakkiz daqiqada qahramonga aylandi"

Aleksandr Xomyakov: "Berdiyev sakkiz daqiqada qahramonga aylandi"

Baho:
+ | -

Superliga 19-turida o‘z uyida “ Navbahor ”ni mag‘lub etgan “Andijon” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov g‘alaba, omad, raqib va Suhrob Berdiyevning goli haqida gapirdi.

“Barchani tabriklayman. Juda xursandman. Bugun muxlislarga bayram qilib berishni xohlagandik. Qiyin uchrashuvda g‘alabaga erishdik. Futbolchilarga o‘yinga bo‘lgan munosabatlari va mehnatlari uchun rahmat aytaman. Qiyin g‘alaba. “Navbahor”ga qarshi o‘ynash juda qiyin. Bugun omad ham biz tomonda edi”, - dedi Xomyakov.

“Raqib qaysidir ma’noda muammolarga duch kelgani haqida bilardik. Jamoa ko‘p o‘yin o‘tkazdi. Ammo, baribir raqib safida sifatli va darajasi yuqori futbolchilar to‘p suradi. Faqat intensivlik evaziga ustunlikka erishishimiz mumkin edi. Bugun bu reja to‘liq o‘xshadi demagan bo‘lardim. O‘yinning ko‘p qismida maydon markazini boy berdik. Shunday bo‘lsada, oxirigacha kurashdik. Imkon poyladik va g‘alabaga erishdik”.

“Suhrob Berdiyevning maydonga tushirilishi omadli keldi. U sakkiz daqiqa ichida qahramonga aylandi. Nafaqat men, balki jamoadoshlari ham unga rahmat aytishimiz kerak. U maydonga tushib barchasini o‘zgartirib yubordi”.

“Agar hisob 0:2ga etganda vaziyatni o‘zgartira olishimiz qiyin bo‘lardi. Bizning hujum potensialimiz, o‘yinchilarimizning holati bunday raqibga qarshi bunday hisob bo‘lib turgan paytda vaziyatni o‘zgartirish uchun balki kamlik qilgan bo‘lardi. Birinchi golni o‘tkazgan paytimizda xato qildik. Ammo, vaziyatni o‘nglay oldik. Murabbiyga zaxira o‘rindig‘i oldida vaziyatni baholash qiyinchilik tug‘diradi. Maydon chetida boshqacha ko‘rinadi. Shu bois, o‘yin davomidagi xatolarni o‘yin tugagach tahlil qilganimiz qulayroq”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 08:17, 24.09.2023.
O'qildi: 1994 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик