Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mirjalol Qosimov: “Metallurg”ga qarshi o‘yinlarda ishimiz yurishmayapti"

Mirjalol Qosimov: “Metallurg”ga qarshi o‘yinlarda ishimiz yurishmayapti"

Baho:
+ | -

Superliga 19-turidan o‘rin olgan OKMK – “Metallurg” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Uchrashuv avvalida standart vaziyatdan o‘tkazib yuborgan ikki to‘pimiz qiyinchilik tug‘dirdi. Shunga qaramasdan, birinchi bo‘limda hisobni qisqartirdik. To‘p darvozaga kirishni istamasa, kirmas ekan. Futbol shunisi bilan ham qiziq. Ikkinchi taymda Boakyeda ham qulay imkoniyat bo‘ldi. Qarshi hujumda esa “Metallurg” o‘z imkoniyatlarini golga aylantirdi. Hisob 1:3 ko‘rinishiga kelgach ham, qo‘l siltamasdan, oxirigacha kurashdik.

So‘nggi ikki yildan buyon bekobodliklarni mag‘lub qila olmayapmiz. Muxlislar bizdan g‘alaba kutishgan edi. Ulardan uzr so‘rayman. Kelgusi bahsda ularni xursand qilishga intilamiz.

Keyingi uchrashuvimiz OCHL doirasida bo‘ladi. Ushbu bellashuvda tarkibda rotasiya qilamiz.

Har bir futbolchining jamoada o‘z o‘rni bor, ammo bir futbolchiga tayanib qolmaymiz. Albatta, Abdullayevning ham o‘z o‘rni mavjud edi. Uning kelgusi faoliyatiga omad va tilayman” – dedi Qosimov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 08:21, 24.09.2023.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик