Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

YECHL mukofot jamg‘armasi qancha?

YECHL mukofot jamg‘armasi qancha?

Baho:
+ | -

Yevropa klub futboli turnirlarining asosiy bosqichi start chizig‘iga ham yetib keldik, hisob.

Demakki, hozirda ko‘pchilikni oddiy bir savol yetarlicha qiziqtirishi tabiiy - CHL, YEL va KLdagi ishtirok klublarga qancha daromad keltirishi mumkin? Ma’lumki, yevrokuboklar faqat nufuz yoki saviya emas, balki moddiy rag‘bat manbai ham. To‘g‘ri, 3ta turnirda mukofot jamg‘armasi turlicha. Hammasi daraja bo‘yicha, albatta.

YECHL-2023/2024

Bosh turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2 milliard yevroni tashkil etadi. AS nashri rasmiy sayti joriy mavsum davomida shuncha pul qanday taqsimlanishi borasida ma’lumot berib ulgurdi. Chunonchi, UYEFA bu masalada qat’iy formulaga amal qiladi har doim. Demak, taqsimot quyidagicha:

Guruh bosqichining har bir ishtirokchisiga - 15,64 million yevro (qat’iy to‘lov)

Guruh bosqichidagi g‘alaba uchun -  2,8 million yevro

Guruh bosqichida durang uchun - 900 ming yevro

1|8 finalning har bir ishtirokchisiga - 9,6 million yevro

1|4 finalning har bir ishtirokchisiga - 10,6 million yevro

1|2 finalning har bir ishtirokchisiga - 12,5 million yevro

Finalning har bir ishtirokchisiga - 15,5 million yevro

G‘olib jamoaga - qo‘shimcha 4,5 million yevro

Yana qo‘shimcha to‘lovlar ham bor - 330,3 million yevroga teng o‘yinlar namoyishi jamg‘armasi. Bu har bir klubning translyasiya bo‘yicha reytingi asosida taqsimlanadi. Shuni alohida aytish kerak, bu mavsum CHL guruh bosqichi formatida oxirgi marta o‘tkaziladi. Kelasi sikldan yaxlit umumiy liga yo‘lga chiqadi va kutilishicha, turnir sovrin jamg‘armasi ham keskin oshadi.

YEL-2023/2024

Ikkinchi raqamli yevroturnirda o‘rtaga jami 465 million yevro qo‘yilgan. Sovrin jam­g‘armasini taqsimlash formulasi ham tasdiqlangan. Unga muvofiq, turnir chempioni YEL kubogi barobarida 8,6 «limon»ga ega chiqadi:

Guruh bosqichining har bir ishtirokchisiga - 3,63 million yevro (qat’iy to‘lov)

Guruh bosqichidagi g‘alaba uchun - 630 ming yevro

Guruh bosqichidagi durang uchun - 210 ming yevro

Guruh bosqichida 1-o‘rin uchun - 1,1 million yevro

Guruh bosqichida 2-o‘rin uchun - 550 ming yevro

«Pley-off»ning har bir ishtirokchisiga - 500 ming yevro

1|8 finalning har bir ishtirokchisiga - 1,2 million yevro

1|4 finalning har bir ishtirokchisiga - 1,8 million yevro

1|2 finalning har bir ishtirokchisiga - 2,8 million yevro

2-o‘rin egasiga - 4,6 million yevro

G‘olib jamoaga - 8,6 million yevro

KL-2023/2024

Uchinchi raqamli yevroturnirning mukofot jamg‘armasi qanday taqsimlanishi borasida ishonchli manba ma’lumoti yo‘q hozircha. Faqat ishtirokchilar jami 235 million yevroga ega chiqishlari haqida yozilmoqda. Bu o‘tgan yilgi mukofot jamg‘armasiga nisbatan 6,7 foiz ko‘pdir. Aytgancha, KL nega yo‘lga qo‘yilgan? «Musobaqalarimizni yanada inklyuzivlashni xohlaymiz. Maqsad - ko‘proq klublar va ularning muxlislariga Yevropa kuboklari uchun kurashish imkoniyatini berish. O‘ylanmanki, barchaning orzusi shu, - degandi UYEFA prezidenti Aleksandr Cheferin bu borada. - KL ham maydonni kengaytirish uchun tuzildi. UYEFA qanoti ostida 55ta milliy assosiasiya bor va har birining klublari qit’a miqyosida imkon qadar ko‘proq o‘ynashi muhim».

Musobaqaning debyut mavsumida barcha milliy assosiasiyalardan 184ta jamoa qatnashdi (ba’zilari CHL yoki YELdan tushdi). 8ta klub esa ilk marta yevrokuboklar guruh raundiga yo‘l oldi. Jumladan, Armaniston, Gibraltar va Estoniya jamoalari tarixda birinchi marta guruh o‘yinlari yuzini ko‘rdi. Umuman, KLning 8ta kvartetida 26ta mamlakatning 32ta klubi o‘ynadi - eng keng geografik xilma-xillik. Taqqoslash uchun, CHLda 15ta, YELda esa 20ta mamlakat jamoalari o‘ynadi. UYEFA Marketing ishlari direktori Gi-Loran Epshteyn esa KLni biznesni kengaytirish yo‘li sifatida ko‘rsatdi: «Bu turnir hamkor teleradiokompaniyalar uchun qiziqarli maydondir. Zero, futbol nuqtai nazaridan «kichik» mamlakatlar klublari o‘yinlari yangi auditoriya jalb etish imkoniyatini beradi».

Umuman, KL va YEL bitta formatga tushdi: o‘yinlar bir kunda, madhiya bitta, homiylar ham ikki turnir huquqlariga ega. Bu holat musobaqalar qamrovi va marketing imkoniyatlarini kengaytirdi. Vaholanki, UYEFAning sobiq ijrochi-direktori Lars-Krister Olsson 2020 yili KL foydasiz bo‘lishini bashorat qilgandi: «Ehtimol, uchinchi raqamli liganing bozor qiymati noto‘g‘ri baholangandir. Kichikroq klublar munosabati ham tushunarsiz. Har holda, ishtirokchilarning xursandlik bilan qo‘shilishlari kutilgandi, biroq bunday bo‘lmadi tarixda ilk marta. Turnirda nisbatan qiziqarsiz jamoalarga qarshi o‘ynash stadionlar to‘lmasligidan nishonadir balki. Boz ustiga, CHLdan qo‘shimcha moddiy rag‘bat yo‘q. Barchasi KL ziyon keltiradigan loyihaga aylanish xavfini oshiradi». Lekin amalda hammasi o‘ta yomon tus olgani yo‘q. Deylik, UYEFA xulosasi shunday.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 24.09.2023.
O'qildi: 3208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.