Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Aleksandr Xomyakov: "Hebayning jamoa bilan shartnomasi hali tugamagan"

Aleksandr Xomyakov: "Hebayning jamoa bilan shartnomasi hali tugamagan"

Baho:
+ | -

Superliga 21-turida o‘z maydonida “Paxtakor” klubini mag‘lub etgan “Andijon” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov g‘alaba haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Albatta, xursandman. Jamoa g‘alaba qozonsa butun Andijon bayram qiladi. Barchani tabriklayman. O‘yinga kelsak, raqib amaldagi chempion va bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Ular OCHL bahsida ancha kuch sarflashgan edilar. Biz aniq reja asosida o‘ynadik. Raqibga imkon bermay, minimum vaziyatlar yaratishiga erishdik. Yoqimli va kerakli g‘alaba”, - dedi Xomyakov.

“Ikkinchi taymdagi futbolchi almashtirishlar qanot himoyachilarimizning biroz charchaganliklari uchun amalga oshirildi. Ular katta hajmdagi ishni bajarishdi. Abdug‘aniyev ancha charchadi. Umuman, o‘yinimizga biroz yangicha qon olib kirish uchun ushbu o‘zgartirishlarni amalga oshirdik. Bugun darvozabonimiz bir necha bor bizni qutqardi. Qolaversa, Hebay fantastik gol urdi. “Paxtakor”dek jamoani yutish albatta katta ehtiroslarni beradi”.

“Hebayning shartnomasi hali yakunlanmagan. Keyingi mavsum haqida avvalo rahbariyat bilan gaplashib olamiz”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 02:16, 09.10.2023.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик