Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Xorvatiya terma jamoasi Yevro-2024 dan quruq qolish xavfi ostida

Xorvatiya terma jamoasi Yevro-2024 dan quruq qolish xavfi ostida

Baho:
+ | -

Bir hafta oldin hammasi yaxshi edi. Xorvatiya terma jamoasi futbolchilari ikki yangi saralash o‘yiniga ichki ishonch bilan hozirlik ko‘rishdi.Oktyabr oyida ular Yevro-2024 final bosqichida o‘z o‘rnini qo‘lga kiritishgan ishongan edi. Negaki, mundialning yaqindagina yarim finalchilari birinchi o‘rinni egallab, to‘rtta o‘yinda atigi ikki ochko yo‘qotishdi. Bu yerda qanday shubhalar bo‘lishi mumkin?

Ammo keyin dahshatli tush boshlandi. Birinchidan, xunuk o‘yin va xavfli lahzalar kamligi bilan Turkiyadan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat. Keyin - Uelsdan 1:2. Xorvatiya hech kimga yoqmadi. Turkiya Germaniyaga yo‘llanmani rasman qo‘lga kiritgan kuni esa Zlatko Dalich shogirdlari turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

Zlatko Dalich Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi: “Bu haqli mag‘lubiyat. UYEls yaxshiroq, tajovuzkor, tayyor va barcha vaziyatlarni yaxshi hal qilishdi. Hujumda muammolarimiz bor: bizda g‘oyalar yetishmaydi. Bu juda yomon. Endi biz boshqalarga qaram bo‘lib qoldik. Bu mening aybim, chunki jamoani yaxshiroq tayyorlashim mumkin edi. Boshimizni ko‘tarib, kechirim so‘rashimiz kerak. Vaziyat yomon. Keyingi o‘yinlarni intiqlik bilan kutamiz va nafaqat o‘zimizga ishonamiz. Umid qilamizki, ayrim futbolchilar jarohatidan tuzalib ketishadi. Bizda juda ko‘p muammolar bor”.

Xorvatiya uchun jarohatlar haqiqatan ham katta muammo. Asosiy yo‘qotish - "Tottenxem" mashg‘ulotlarida jarohat olgan Ivan Perishich. U yigitlarni qo‘llab-quvvatlash uchun jamoa bazasiga keldi. Ammo maydondan tashqarida bo‘lish u yerda bo‘lish bilan bir xil emas.

Perishich Modrich bilan birga jamoa yetakchisi ekanligini hamma yaxshi biladi. Ammo, agar Luka markazdagi tartib uchun javobgar bo‘lsa, qanotdagi tezlik uchun Ivan javobgar. Usiz Xorvatiyaning hujumi sekin harakatga keladi. Biroq, Perishich yagona yo‘qotish emas. Eng kuchli hujumkor futbolchilar Petkovich va Kramarich ham oktabr oyidagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishdi.

Modrich maydonga tushgani bilan o‘yinni bir o‘zi boshqara olmadi. Hech kimga sir emaski, xorvatiyalik futbolchi o‘tgan mavsumga qaraganda "Real"da kamroq o‘ynamoqda. Luka qishda AQSHga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Himoya markazida Gvardiol uchun juftlik tanlashda Dalich noto‘g‘ri qaror qildi. Shutalo Turkiya bilan o‘yinda himoya yaxshi o‘ynadi. Ammo Vida Uelsga qarshi maydonga tushdi va birinchi golda xatoga yo‘l qo‘ydi. Har ikkala o‘yinda xorvatlar durang uchun maydonga tushgandek bo‘lishdi. Ularda go‘yoki: ha, bizda yo‘qotishlar ko‘p, mukammal formada emasmiz, shuning uchun to‘pni o‘zimizda ushlab turamiz, tezlikni pasaytiramiz, bir-ikki ochko olib, peshqadamlikni saqlab qolamiz, degan o‘y bordek tuyuldi.

Hozir guruhda holat quyidagicha:

Nazariy jihatdan yana uchta jamoada pley-offga chiqish imkoniyati saqlanib qolgan. Xorvatiya Armaniston va Latviyani mag‘lub etib, raqiblarini ochko yo‘qotishini kutishi kerak. Asosiysi, hozir hammasi xorvatlarga bog‘liq emas. Agar Uels keying o‘yinlarda ochko yo‘qotmasa, Yevro-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 14:16, 17.10.2023.
O'qildi: 2529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.