Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kyayer Daniya terma jamoasida rekord qo‘ydi

Kyayer Daniya terma jamoasida rekord qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Milan" himoyachisi Simon Kyayer o‘yinlar soni bo‘yicha Daniya terma jamoasi rekordchisiga aylandi.

Daniya sardori San-Marinoga qarshi o‘yinda maydonga tushdi, bu himoyachining jamoasi libosidagi 130-o‘yini bo‘ldi. Avvalroq bu rekord 129ta o‘yin o‘tkazgan "Manchester Yunayted"ning afsonaviy darvozaboni Peter Shmeyxelga tegishli edi.

2024 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichining sakkizinchi turidan o‘rin olgan uchrashuv 2:1 hisobida daniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. Kasper Yulman jamoasi 19 ochko bilan Sloveniya terma jamoasi bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Kiritildi: 05:16, 18.10.2023.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.