Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Sepaxon» bosh murabbiyi: «Eronga muxlislarni xursand qilib qaytamiz»

«Sepaxon» bosh murabbiyi: «Eronga muxlislarni xursand qilib qaytamiz»

Baho:
+ | -

Sepaxon bosh murabbiyi Xose Moraes OCHL doirasidagi OKMKga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Chempionlar ligasining barcha o‘yinlarida raqibga hurmat ko‘rsatamiz. Bu yerda o‘yinchilardan tortib murabbiylargacha yuqori saviyaga ega. Bu Osiyodagi birinchi raqamli musobaqa bo‘lgani sababli har bir klubdan yuqori darajani kutaman. Oson raqiblar bo‘lmasligi aniq. Bu yerda ishtirok etish nafaqat umumfutbol qarashlarini o‘zgartiradi, balki jamiyatdagi madaniyatga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Ertangi bahs uchun albatta, eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz.

Ramin Rezaeyan:

«Barchaga assalomu alaykum. Ertangi bahs uchun tayyorgarligimiz normal darajada. Biroq ancha qiyin o‘yin bo‘lishini barcha jamoadoshlarim tushunib turibdi. Shubhasiz, uch ochko uchun o‘ynaymiz. Buning uchun yuz foiz kuchimizni ishga solamiz. Ko‘ramiz, hamma narsa bo‘lishi mumkin, avvalo biz insonlarmiz xolos. Shunga qaramay murabbiyning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarishga hamda jamoaviy ruhni saqlab qolishga harakat qilamiz. Eronga muxlislarni xursand qilib qaytamiz».

Jamoangiz jismoniy va ruhiy tomonlama ertangi bahsga qanday darajada tayyor? O‘zbek klublari ham eronliklardan qolishmagan tarzda juda tezkor futbolchilarga ega...

«Ruhiy holatimizni yuz foizlik top darajada deyishim mumkin. Jismoniy, ruhiy hamda taktik tomonlama to‘liq tayyormiz. Bularni maydonda ko‘rsatish qoldi xolos.

Bu turnirni oddiy ligalarga qiyoslab bo‘lmaydi. Bu yerda xato qilishga haqqimiz yo‘q. Har bir raqibni hurmat qilishimiz zarur. Muxlislarni xursand qilish uchun barcha imkoniytalarni ishga solamiz. O‘zbeklarga qarshi avval ham o‘ynaganman, ular ham anoyilardan emas. Biroq biz eronliklarmiz, buni g‘alaba bilan isbotlaymiz.

Olmaliqliklar jadvaldagi holatidan kelib chiqib, ushbu bahsni hayot-mamot jangi deb hisoblashmoqda. Demak eronlikarga oson bo‘lmaydi. Kutilmagan holatlarga tayyormisiz?

«Albatta, qiziq savol bo‘ldi. Yuqorida aytganimdek, oson raqiblar yo‘q bu yerda. Musobaqa nomidan kelib chiqib, faqat chempionlar qatnashadi. Har bir o‘yin uchun e’tiborni susaytirmaymiz. Odatdagidek davom etamiz. Hammaga ochko kerak, biroq OKMKga bu zarurroq. Ammo bu bizni qo‘ritmaydi, qandaydir maxsus holatda bo‘lishimiz shart emas. Yigitlarda motivasiya doimiy davom etadi. Bu - oddiy futbol. Bundan odamlar zavq olishi kerak. U jamiyatga qo‘rquv ulashishi kerak emas. Shu sababli sportda o‘zaro hurmat birlamchi masala hisoblanadi. Uning millatlarni birlashtirishini unutmaslik kerak. Ertaga ham yaxshi shou uyushtirib berish niyatimiz bor», – dedi murabbiy. 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:22, 22.10.2023.
O'qildi: 2472 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.